Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Mart/2023   O’zbekiston dunyo nigohida

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi Saudiya Arabistoni OAV nigohida

AR-RIYOZ, 27-mart. /“Dunyo” AA/.  Saudiya Arabistonidagi yetakchi onlayn nashrlardan biri - “Alharir.info” veb-saytida «Toshkentda «Uz Food 2023» xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari va ishlab chiqarish texnologiyalari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi» sarlavhali axborot materiali joylashtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 Nashrda oziq-ovqat mahsulotlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalariga bag‘ishlangan «Uz Food 2023» xalqaro ko‘rgazmasi tadbirlari 28-30 mart kunlari Toshkent shahridagi «O‘zbekiston ko‘rgazma markazi» majmuasida bo‘lib o‘tishi xabar qilingan.

«Iteca Exhibitions» xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi ushbu xalqaro tadbir munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi, - deyiladi materialda. -Tashkilotchilarga ko‘ra, ko‘rgazmada tadbirlarida 28 davlatdan  280dan ortiq kompaniyalar  o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

“Alharir.info” veb-saytining yozishicha, «Uz Food 2023» xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva va Malayziya kompaniyalari yirik  stendlar bilan qatnashishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisining konstitutsiyaviy...

Eronning markaziy bosma nashrlaridan biri - «Iran Daily» gazetasida O‘zbekistonning ush...

O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya...

Nufuzli “Xitoy” jurnalida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalar...

Polshaning yetakchi gazetasida O‘zbekist...

Polshaning «Dziennik zachodni» gazetasida O‘zbekiston MСК ning faoliyati va 24 oktabr kuni...

So`nggi yangiliklar