Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Fevral/2020   Jamiyat

Toshkentda Britaniya Kengashi ko‘magida yangi markaz ochildi

TOShKENT, 11 fevral. /''Dunyo”AA/. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Britaniya Kengashi ko‘magida “Kasbiy rivojlantirish” markazining ochilish marosimi va “English as a Medium Instruction — Ingliz tili maxsus maqsadlarda” loyihasi doirasida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov, institut rektori O‘.Umurzoqov, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Reychel Aylend, Buyuk Britaniya Norvich til ta'limi instituti mutaxassislari Rod Bolayto va Jeyson Skitlar ishtirok etdi.

“English as a Medium Instruction — Ingliz tili maxsus maqsadlarda”  loyihasi o‘qituvchilarga kasbiy rivojlanishlarida yordam berish va O‘zbekiston ta'lim sohasidagi xorijiy tajribalarni joriy qilish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda xalqaro tajribaga asoslangan o‘quv materiallarini takomillashtirish, shuningdek, Buyuk Britaniya mutaxassislari bilan maslahat uchrashuvlari, vebinar va seminarlar o‘tkazish loyihaning asosiy vazifalaridan sanaladi.

Mavzuga oid

«Le Figaro»: O‘zbekiston 2020 yilda inqi...

Fransiyaning mashhur «Le Figaro» gazetasida «2020 yilda inqirozni chetlab o‘tgan mamlakatl...

Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash su...

Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash sug‘urtasi sohasida ishga tushirilgan pilot loyihasi...

“Xalq ovozi” gazetasi muharriri: “O‘zbek...

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi tomonidan ushbu mamlakatdagi nufuzli nashrlarid...

So`nggi yangiliklar