Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   Jamiyat

Toshkentda COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyin O‘zbekistonning “yashil” tiklanishiga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘z ishini yakunladi


TOSHKENT, 4-mart. /«Dunyo» AA/. Bugun Toshkentda «Yangi imkoniyatlar sari: COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyingi O‘zbekistonning yashil tiklanishi» mavzusida xalqaro onlayn-forum o‘z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ikki kunlik forum Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMT TD), O‘zbekiston hukumati va boshqa qator hamkorlar tomonidan tashkil etildi.

Forumda ta'kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston iqlim o‘zgarishini yumshatish va moslashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muayyan strategiya va chora-tadbirlar ishlab chiqdi, qabul qildi va amalga oshirdi. Xususan, 2019 yil oktyabr oyida «2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi»ning qabul qilingani bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Ushbu strategiyaning maqsadi ijtimoiy rivojlanish, issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish, iqlim va ekologik barqarorlikni ta'minlash orqali «yashil» iqtisodiyot tamoyillarini mamlakatdagi mavjud tarkibiy islohotlarga integratsiyalashtirgan holda barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishdan iborat.

Nihoyasiga yetgan forum, avvalo, O‘zbekistonni «yashil» qayta tiklash g‘oyasini ilgari surish orqali quyidagi muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan:

- Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligiga erishish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish va shu kabi boshqa tegishli choralarni amalga oshirish, shu jumladan O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish,  «yashil» iqtisodiyot jarayonidagi potensial inqirozlar fonida progressiv va barqaror jamiyat va iqtisodiyotni ilgari surish, bir vaqtning o‘zida tabiiy resurslar va atrof-muhit yukini kamaytirish siyosatini muhokama qilish uchun maxsus platforma yaratish;

– COVID-19 davrida va pandemiyadan keyin «yashil» iqtisodiyotni tiklashda O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelgusi tavsiyalar va tadbirlar rejalarini muhokama qilish va ishlab chiqish.

Mavzuga oid

Turkmanistondan elektr energiyasi import...

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati manbasi mamlakatimizda elektr...

Navroʼz bayrami nishonlanadi, ayrim maha...

Vazirlar Mahkamasida Navroʼz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish, jam...

182 nafar yurtdoshimiz Moskva shahri va...

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida kecha Rossiyaning Moskva shahri hamda Novos...

So`nggi yangiliklar