Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/May/2023   "Dunyo" AA reportaji

Toshkentda diplomatik missiyalar o‘rtasida madaniy anʼanalar va milliy taomlar XIX xayriya festivali bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 29-may. /“Dunyo” A/. Poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar o‘rtasida madaniy anʼanalar va milliy taomlar XIX xayriya festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Fetivalda Ozarbayjon, Afg‘oniston, Misr, Belarus, Hindiston, Italiya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Kuvayt, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Malayziya, BAA, Falastin, Rossiya, Ruminiya, Tojikiston, Turkiya, O‘mon, Chexiya, Shvetsariya va boshqa davlatlar o‘zlarining boy milliy koloritini namoyish etdi.

Tadbirning tantanali  ochilish marosimida, O‘zbekiston TIV huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi 2000 yildan buyon madaniy anʼanalar va milliy taomlar festivalini o‘tkazib kelayotgani, u mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan elchixonalar oshpaz xodimlarining muhim tadbirlaridan biriga aylangani taʼkidlandi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov o‘z nutqida, anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur festival mamlakatimiz madaniy hayotini mazmunan to‘ldirib, poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga festivalda ishtirok etayotgan mamlakatlar madaniyati hamda turizmi bilan yaqindan tanishish imkonini berishini, shuningdek,  madaniyat va  sayyohlik  sohalarining rivojlanishiga  xizmat  qilishini  bildirdi.

Festivalda xorijiy davlatlarning keng turdagi milliy taomlari namoyishi bilan bir qatorda folklor-etnografik jamoalar o‘z sanʼatini namoyish etdi.

Mavzuga oid

Qo‘qon Turkiy kengash davlatlarining bir...

Bugun Qo‘qon shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yi...

Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqi...

Bugun ertalab Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilar ke...

Toshkentda O‘zbekiston va Turkmaniston o...

Toshkentda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining ...

So`nggi yangiliklar