Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Jamiyat

Toshkentda inson huquqlari bo‘yicha taʼlim masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkaziladi


 TOSHKENT, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan joriy yil 10-11 dekabr kunlari Toshkentda “Inson huquqlari bo‘yicha taʼlim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn va oflayn shakllarda tashkil etiladigan anjuman milliy hamda xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda uyushtirilmoqda.

Forum Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 25 yilligi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha taʼlim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi hamda Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlanadi.

Milliy markaz matbuot xizmati maʼlum qilishicha, tadbir doirasida O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar va tashkilotlarga “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshiriladi.

Shuningdek, Milliy markaz tomonidan eʼlon qilingan “Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha taʼlim” respublika tanlovi yakunlari eʼlon qilinadi va uning g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun “Umra...

Joriy yil 22 yanvar kuni O‘zbekiston fuqarolari uchun “Umra-2022” mavsumi boshlanib, ziyor...

“National Herald Tribune” : oʼz vaqtida ...

Pokistonning yetakchi axborot agentliklaridan biri “National Herald Tribune” oʼz sahifasid...

O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligi ...

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (Agentlik) hamda unin...

So`nggi yangiliklar