Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Hamkorlik

Toshkentda milliy sifat infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlagan xalqaro seminar-trening o‘tkazildi

TOSHKENT, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Germaniya Fizika texnika institutining «Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash» ikki tomonlama loyihasi doirasida bir qator xalqaro ekspertlar O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xalqaro ekspertlarining amaliy safari davomida Toshkentda  loyihaning amalga oshirish holati va natijalariga bag‘ishlangan «Davlat tomonidan tartibga solish sohalari va tartibga solinmaydigan sohalar hamda sifat infratuzilmasining ahamiyati» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

 Tadbirda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, tabiat resurslari vazirliklari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti, O‘zbekiston standartlar instituti, milliy metrologiya instituti vakillari ishtirok etishdi.

Mavzu doirasida  xorijiy ekspertlar va o‘zbek olimlari, shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakillarining maʼruzlari tinglandi.  

Mavzuga oid

O‘zbekiston Estoniya va Finlyandiya davl...

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov boshchiligidagi O‘zbekist...

Namangan viloyati hokimligining delegats...

O‘zbekiston va Koreya hududlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustaxkamlashga yo‘naltiril...

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri JSS...

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sess...

So`nggi yangiliklar