Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2021   Madaniyat

Toshkentda o‘zbek-grek do‘stligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir o‘tkazildi


TOSHKENT, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. Kecha Toshkent shahar grek madaniyati jamiyatida o‘zbek-grek do‘stligiga bag‘ishlangan «Sivilizatsiyalar muloqoti» nomli  madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi maʼlum qilishicha, tadbir O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi va Gretsiya ozodligining 200 yilligiga bag‘ishlandi.

Tadbirda qo‘mita vakillari, O‘zbekistonning Afinadagi bosh konsuli Olim Qosimov, Grek madaniyat jamiyati rahbarlari va faollari, shuningdek mamlakatimizdagi boshqa milliy madaniy markazlar vakillari hamda  jurnalistlar qatnashdi.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Valeriy Tyan O‘zbekiston va Gretsiyaning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini taʼkidladi. U Suqrot, Aristotel, Gomer, Aflotun, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, boshqa buyuk olim va mutafakkirlar ushbu davlatlar hududida yashab ijod qilganini aytib o‘tdi. Shuningdek, u Grek madaniyati jamiyatining O‘zbekistonda xalqaro do‘stlik munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan ishlarini ijobiy baholadi.

O‘zbekistonning Afinada shahridagi bosh konsuli konsulxona tomonidan madaniyat, sanʼat, taʼlim sohalarida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi. Diplomat ushbu tadbirlarni amalga oshirishda Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati muhim rol tutayotganini qayd etdi.

- Grek xalqi Ikkinchi jahon urushi yillarida minglab vatandoshlarimizni  o‘z bag‘riga olgan o‘zbek xalqining insoniylik fazilatlarini hech qachon unutmaydi. Shu o‘rinda men O‘zbekiston xalqiga ushbu eʼtibor  uchun yana bir karra chuqur minnatdorlik bildiraman, - dedi Toshkent shahar grek madaniyati jamiyati raisi Konstantinos Politis. - Grek diasporasi vakillari O‘zbekistonda istiqomat qilgan yillar davomida ularning ikkinchi vataniga aylangan bu serquyosh mamlakatning madaniy va iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdi. Greklar respublikaning ijtimoiy va madaniy hayotida ham faol ishtirok etib kelmoqda.

O‘zbek va grek ijodiy guruhlari ijrosidagi yorqin milliy raqslar ishtirokidagi konsert dasturi tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi grek diasporasining 70 yillik tarixiga bag‘ishlangan ekspozitsiya va grek milliy taomlari ko‘rgazmasi madaniyatlararo muloqotning tarkibiy qismiga aylandi.

Mavzuga oid

MDHga a'zo davlatlar madaniy merosining ...

Minsk shahridagi MDH Ijroiya qo‘mitasida “MDHga a'zo davlatlar madaniy merosi virtual muze...

MDH mamlakatlari madaniy merosining virt...

MDH Ijroiya qo‘mitasida MDHga a’zo davlatlarning virtual madaniy merosi muzeyi

Mojeb al Zaxroniy: O‘zbekiston islom mad...

Parij Arab dunyosi instituti bosh direktori Mojeb al Zaxroniy “Dunyo” AA muxbiri bilan suh...

So`nggi yangiliklar