Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Oktabr/2021   Ilm-fan

Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya ta’lim-forumi boshlandi


PARIJ, 7-oktabr. /«Dunyo» AA/. Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston-Fransiya ta’lim-forumi o‘z ishini boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirning dastlabki kuni anjuman ta’riqasida O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etildi. Forumda Fransiya tashqi ishlar vazirligining universitetlararo hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Martin Russel boshchiligida 15 ga yaqin yetakchi fransuz oliy ta’lim muassasalari vakillari va «Campus France» tashkiloti rahbariyati ishtirok etmoqda. 

Forum doirasida Fransiyaning Université de Bordeaux, Université de Franche comte,  Université de Poitiers, Université de Toulouse 3, Ecole Nationale d’Aviation Civile, AICP - Académie Internationale de coupe de Paris, ENSC - Ecole Nationale Superieure de Chimie de Rennes, EPF- Ecole d'Ingenieurs, Vatel Business School, INSEEC U, Istituto Marangoni Paris, Rennes Business School kabi yirik oliy o‘quv muassasalari taqdim etiladi. 

Fransuz universitetlarning asosiy maqsadi - O‘zbekiston ta’lim dargohlari bilan muhandislik, kimyo, tarixiy yodgorliklarni asrash, tibbiyot, turizm, moda va dizayn, aviatsiya, fransuz filologiyasi, iqtisodiyot va menejment sohalarida hamkorlik o‘rnatishdan iborat. 

Forum doirasida «Fransiyada ta’lim» ko‘rgazmasi va Samarqand shahridagi oliy o‘quv yurtlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ta’kidlash joizki,  O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil oktabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi natijasida mamlakatimizda ilk marotaba O‘zbekiston-Fransiya ta’lim-forumini tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri AQSh elc...

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi Sherzod Shermatov AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum bi...

Yevroosiyo ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-q...

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Yevroosiyo ilmiy...

O‘zbekistonning innovatsion salohiyati I...

Mamlakatimizning Isroildagi elchixonasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikd...

So`nggi yangiliklar