Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 21-iyun. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi arafasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi hamda Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


ITSV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda Ozarbayjon va O‘zbekistonning yirik kompaniyalarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni ochar ekan, delegatsiyalar rahbarlari - O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov ikki mamlakat hukumatlari tomonidan ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish va birinchi navbatda, O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari o‘rtasida mustahkam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga sodiqligini bildirdilar.

Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida erishilgan yutuqlarni taʼkidlab, ikki mamlakat iqtisodiyotlarining ishga solinmagan salohiyati hamda neft-kimyo, kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, zargarlik, avtomobilsozlik va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun mavjud shart-sharoitlar qayd etildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning izchil diversifikatsiya qilinishi o‘zbek va ozarbayjon ishlab chiqaruvchilariga yangi qiymat zanjirlarini yaratish va birgalikda uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqish imkonini berishi taʼkidlandi.

Shuningdek, ikki mamlakat hududlari orqali o‘zaro va tranzit yuk tashishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar joriy qilinishi eʼlon qilindi Bu, o‘z navbatida, transport va logistika sohasida O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligini chuqurlashtiradi.

Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari o‘zaro manfaatli sheriklikning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish va qatʼiy kelishuvlarga erishishni nazarda tutgan holda Forum ishtirokchilariga natijador va muvaffaqiyatli ish olib borishni tiladilar.

Tadbir dasturi doirasida “B2B” va “G2B” tarzida ham panel munozaralari bo‘lib o‘tdi, unda o‘zbek va ozarbayjon biznes vakillari aniq loyiha takliflari asosida biznes hamkorlik istiqbollarini batafsil muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Forum yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha qator bitimlar, shuningdek, ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida amaliy hamkorlik to‘g‘risida 10 ta kelishuv imzolandi.

Mavzuga oid

Surxondaryodagi yangi issiqlik elektr ma...

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi Bryussel matbuot klubida Surxondary...

O‘zbekiston elchisi Britaniya kompaniyas...

Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchisi Said Rustamov ushbu mamlakatning “Wood Plc” k...

ITSV: O‘zbekiston va Turkiya qishloq va ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar