Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   Iqtisodiyot

Toshkentda O‘zbekiston – Koreya Respublikasi elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik forumi o‘tkazildi


 TOSHKENT, 27 noyabr. /“Dunyo” AA/.  Kecha Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston – Koreya Respublikasi  elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida bilim va tajriba almashishdan iborat bo‘ldi. 

Forumni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. Vazir taʼkidlaganidek, elektron hukumat rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni keng joriy etishda vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalarining ham ko‘magi zarur bo‘ladi.

Anjuman doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi o‘rtasida 2020 yilda imzolangan Memorandum doirasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya Respublikasi ekspertlar guruhi faoliyatining natijalari taqdim qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston xorijiy mamlakatlardan 87,3 ...

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-fevral oyla...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov tarmoq birlashmalari, davlat sano...

O‘zbekiston Energetika vazirligi 12 yanv...

O‘zbekiston Energetika vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 12 yanvar kuni mamlakatimiz issiqli...

So`nggi yangiliklar