Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Iqtisodiyot

Toshkentda O‘zbekiston va Belarus' biznes vakillari Ishbilarmonlar kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


TOShKENT, 5 mart. /«Dunyo» AA/. Kecha Belarus' hukumati delegasiyasining O‘zbekiston tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston – Belarus' Ishbilarmonlar kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi ma'lum qilishicha, tadbirda O‘zbekiston tarafidan esa Bosh vazir o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari hamda yirik sanoat korxonalari rahbarlari, Belarus' tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Subbotin, Belarus' Savdo-sanoat palatasi raisi Vladimir Ulaxovich, Belarusning yirik kompaniyalari va «BelAZ», «MAZ», «MTZ», «Minsk motor zavodi», «Belfarmprom» kabi sanoat birlashmalari, yirik universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ikki mamlakat delegasiyalari rahbarlari so‘zga chiqib, ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasi va o‘zaro ishonchni ta'kidladilar. Shuningdek, investisiya, sanoat va savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun keng istiqbollarni belgilab oldilar hamda O‘zbekiston va Belarus' kompaniyalarini o‘zaro manfaatli qo‘shma investisiya loyihalari hamda savdo shartnomalari sonini ko‘paytirish maqsadida faol hamkorlik qilishga chaqirdilar.

Belarus' tomoni yangi tashkil etilgan Kengash ikki mamlakat tadbirkorlarining istiqbolli biznes g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish va alohida tarmoqlar va sanoat korxonalari o‘rtasida yaqin kooperasion aloqalarni o‘rnatish uchun funksional maydon vazifasini o‘tashiga ishonch bildirdi. Qolaversa, ikki tomonlama sheriklikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalar hamda tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga sodiqlik bildirildi.

O‘zbekiston tomoni bir qator ustuvor tarmoqlarda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim salohiyat va foydalanilmagan zaxiralar miqdorini ta'kidlab, Belarus' biznesining O‘zbekistonda mavqeini mustahkamlash va ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida uzoq muddatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yaqin hamkorlikka tayyorligini ma'lum qildi.

Belarus' kompaniyalariga Respublikaning investisiyaviy salohiyati va qishloq xo‘jaligi, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash va farmasevtika, ta'lim, yengil sanoat sohalari va boshqa yo‘nalishlardagi sheriklik imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi. Tegishli vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va xususiy kompaniyalar rahbarlari har bir tarmoqning investisiyaviy va sanoat salohiyati taqdimotini o‘tkazdilar, shuningdek, aniq istiqbolli loyiha takliflarini bildirib, Belaruslik hamkasblar va bo‘lajak hamkorlar bilan ularni batafsil o‘rganishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.

Ishtirokchilarning fikriga ko‘ra, Kengashning tashkil qilinishi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tizimlashtirishdagi muhim qadam bo‘lib, kelajakda O‘zbekiston va Belarus' tadbirkorlari sherikligini mustahkamlash va kengaytirishning barqaror mexanizmiga aylanishi mumkin.

Tadbir qatnashchilari O‘zbekistonda investisiya va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish uchun u yoki bu sohada yaratilgan shart-sharoitlar bilan har tomonlama tanishish, hamkorlikning umumiy manfaatlari va istiqbollarini muhokama qilish hamda kelgusida birgalikda ishlab chiqish uchun aniq loyiha takliflarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Aniq yo‘nalishlar va loyihalar bo‘yicha kelgusidagi qo‘shma ishlarning amaliy jihatlarini ko‘rib chiqish maqsadida «G2B» va «B2B» shaklida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus' Respublikasi savdo-sanoat palatalari o‘rtasida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan, ikki davlat ishbilarmon doiralarining amaliy hamkorligiga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi», shuningdek, bir qator investisiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.

Mavzuga oid

Joriy yil yanvar oyining oxirigacha Saud...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaz...

Kun raqami: O‘zbekiston 8 million dollar...

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida 7 million 952 ming dollar qiymatidagi 1...

Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlikda ...

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ushbu mamlakatning “Serba Dinamik International ...

So`nggi yangiliklar