Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon iqtisodiy sherikligini chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi

TOSHKENT, 21-iyun. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kecha Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, unda ikki mamlakatning asosiy vazirlik va idoralari rahbarlari ham qatnashdi.

Uchrashuv chog‘ida investitsiyalar, savdo, transport va logistika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibi muhokama qilindi.

Investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasi sohasi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqildi. Taʼkidlandiki, hozirgi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 238 ta, Ozarbayjonda esa 53 ta O‘zbekiston kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ikki mamlakat hududlarida qo‘shma korxonalarni muvaffaqiyatli tashkil qilish bo‘yicha to‘plangan tajriba asosida to‘qimachilik, charm-poyabzal, elektrotexnika, oziq-ovqat, kimyo va ipakchilik, avtomobilsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalari sonini ko‘paytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.

O‘zaro savdoni rivojlantirishning ijobiy tendensiyalari qayd etildi. Xususan, 2021 yilda O‘zbekiston-Ozarbayjon savdo aylanmasining hajmi 40 foizdan oshdi hamda joriy yilning yanvar – iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar ko‘paydi. Neft-kimyo, kimyo va elektrotexnika mahsulotlari, qora va rangli metall buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-uskunalar va to‘qimachilik mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi. Tomonlar yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini oshirish maqsadida birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Transport va logistika sohasida ham birgalikda salmoqli natijalarga erishildi. Joriy yil oxiriga qadar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida yuk tashish hajmining o‘sishi 40 foizga o‘sishi kutilmoqda. Shu nuqtai nazardan, ikki davlatni bog‘laydigan logistika yo‘nalishlarini kengaytirish, o‘zaro va tranzit yuk tashishni ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga ham eʼtibor qaratdilar. Hududlararo hamkorlik to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitimni imzolash istiqbollari qayd etildi. 

Muzokaralar yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni ilgari surish hamda ikki tomonlama munosabatlarning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida hamkorlikni yana-da kengaytirishga sodiqliklarini bildirdilar.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Latviyada mintaqalar...

O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadamboy Sultonov ushbu mamlakat mintaqalariga ishchi ...

Madrid shahrida 4 ta tezyurar elektropoy...

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ delegatsiyasining Ispan...

Avstriyaning xalqaro nohukumat tashkilot...

O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Avstriya poytaxtida joylashgan «Hilfswerk Internation...

So`nggi yangiliklar