Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   TIV yangiliklari

Toshkentda «O‘zgarayotgan dunyo va Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomli monografiya taqdimoti bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 27 iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent  davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bo‘yicha milliy koordinatori, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Rahmatulla Nurimbetovning «O‘zgarayotgan dunyo va Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomli  monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Tashqi ishlar vazirligi, SHHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi xodimlari, Toshkent  davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari, ekspertlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Toshkent davlat shaqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva mazkur monografiya universitet huzuridagi Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq qilish ilmiy-tahlil markazi hamda SHHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda chop etilganini maʼlum qildi. U ushbu qo‘llalanma milliy siyosatshunosligimizda Shanxay hamkorligi tashkilotining faoliyatini chuqur o‘rganishga qaratilgan ilk ilmiy asarlardan biri ekanligini qayd etdi.

SHHT O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasining markazi direktori Qobiljon Sobirov mazkur kitobning chop etilishi mamlakatimiz jamoatchiligi orasida SHHT faoliyati to‘g‘risidagi maʼlumotlarning yana-da ortishi, shu jumladan, “Shanxay ruhi” tamoyillarining mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qilishini bildirdi.

Soha mutaxassislari mazkur monografiya yuqori darajada tayyorlangani, muallifning diplomatik faoliyatdagi tajribasi va bilimi asarning ilmiy-amaliy ahamiyatini yana-da oshirganini taʼkidladi.

Muallif  Raxmatilla Nurimbetov monografiyaning asosiy mohiyati xususida to‘xtalib, SHHTning yangi dunyo tartiboti shakllanayotgan hozirgi davrdagi o‘rni va roli, uning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qo‘shayotgan hissasi, tuzilmaning yaqin va uzoq kelajakda rivojlanish istiqbollari, shuningdek, O‘zbekistonning tashkilot doirasidagi faoliyati va joriy raisligining o‘ziga xos jihatlari xususiyatlarini qayd etdi.

O‘zbekistonning SHHTdagi davom etayotgan raisligi munosabati bilan ushbu ilmiy monografiya tadqiqotchilar, doktorantlar va umuman keng jamoatchilik uchun muayyan qiziqish uyg‘otishiga umid bildirildi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV rahbari va Buyuk Britani...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Buyuk Britaniya mudofaa vazirinin...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Malayzi...

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Malayziya tashqi ishlar vaziri Sayfuddin Abdullaga ...

O‘zbekiston Qandahor viloyatidagi masjid...

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston kecha Qandahor viloyatidagi masjidda sodir etilgan ham...

So`nggi yangiliklar