Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Toshkentda Polshaning mashhur dekoratsiya va uy mollari brendi do‘koni ochiladi


VARSHAVA, 28-may. /“Dunyo” AA/. Toshkentda 1 iyun kuni nafaqat Polshada, balki Yevropa uy interyer dizayni sohasida yetakchi brendlardan biri - “Home&You” dekoratsiya va uy mollari brendi do‘koni ochiladi, deb xabar bermoqda «Dunyo AA» muxbiri.

Tadbir arafasida O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasida Polshaning «BBK S.A.» kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. Ularda O‘zbekiston iqtisodiyotining bugungi rivojlanishi va xorijiy tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay biznes sharoiti haqida maʼlumot taqdim etildi.

«BBK S.A.» kompaniyasi vakillari O‘zbekistonning tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi salohiyatiga yuqori baho berib, mamlakatimizda “Home&You” brendi tarmog‘ini tashkil etish orqali o‘zaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qiziqish bildirdi.

Polsha brendi vakillari o‘zbekistonlik xaridorlarga o‘z turar-joylarini qulay va nozik did bilan bezatishga mo‘ljallangan mahsulotlar sifatiga munosib baho berishiga umid qilmoqda.

Mavzuga oid

ShHTga a’zo davlatlar mutaxassislari kor...

ShHTga a’zo davlatlarning tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas’ul vazirlik va ...

O‘zbekiston va Yaponiya vakillari metall...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi vakillari «HANWA Co., Ltd» kompaniyasi rahbariyat...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar