Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Avgust/2022   O'zbekistonning ShHTga raisligi

Toshkentda SHHTning navbatdagi Iqtisodiy forumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

TOSHKENT, 11 avgust. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 16-17 avgust kunlari O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida Toshkent shahrida SHHTning II Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) xabariga ko‘ra, forumda ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, shu bilan birga SHHT makonida aloqalarni kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqadilar.

Tadbirlarda, shuningdek, yalpi majlislar, sho‘’ba sessiyalari, ikki tomonlama uchrashuvlar, “B2B” muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Forumning tadbirlarga boy kun tartibida raqamli iqtisodiyot, “yashil” texnologiyalar, hududlararo hamkorlik, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi sheriklik salohiyatini ochib berilishi kutilmoqda.

SHHT Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, balki ishbilarmon doiralar va korxonalar vakillarining o‘zaro hamkorligi, shuningdek, SHHT makonidagi hududlarga investorlarni jalb etish uchun samarali platformaga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, birinchi forum 2021 yilning 23-24 iyun kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistonidan munosabat: Samarqa...

Joriy yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkilo...

Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotig...

Kecha Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatl...

Qirg‘iziston Prezidenti Samarqandga keld...

Bugun Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun Qirg...

So`nggi yangiliklar