Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   Jamiyat

Toshkentdagi «Xalqlar do‘stligi» saroyida O‘zbekistonda koreys diasporasi istiqomat qilayotganining 85 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirilari bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo”AA/. 26 noyabr kuni poytaxtimizdagi «Xalqlar do‘stligi» saroyida O‘zbekistonda koreys diasporasi istiqomat qilayotganining 85 yilligiga bag‘ishlangan bayram  tadbirlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ularni tayyorlash va o‘tkazishda Janubiy Koreyaning  «Eurasia Networks Group»  va «TDC Group» kompaniyalari rahbarlari yaqindan ko‘mak ko‘rsatishdi. Ular taniqli koreys estrada sanʼati vakillarining Toshkentga kelishi va ishtirokini tashkil etdilar. Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari bu orqali O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan etnik koreyslar uchun ushbu qutlug‘ sanani munosib nishonlashga o‘z hissalarini qo‘shish va  koreys xalqini qo‘llab-quvvatlashlarini namoyish etishdi. 

O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning 4000 nafardan ortiq mehmonlari ishtirok etgan bayram tadbirining ochilish qismida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzilla Norboyeva va Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi spikeri Kim Jin Pyo tabrik nutqi bilan ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbir mehmonlari va ishtirokchilarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi raisi Viktor Pak va boshqa ko‘plab yuqori martabali mehmonlar hamda koreys diasporasi vakillari qutladilar.

Tadbirda, shuningdek, Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Che Yong Sam, elchi Kim Xi Sang, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchilari Chxve Yon Xa, Chon De Van va Li Uk, Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi direktorlar kengashining aʼzosi Kim Chan Keon, Farg‘onadagi Xalqaro Koreya universiteti prezidenti Pak Chung Xo va boshqalar ishtirok etishdi. 

Bayram  kechasi Janubiy Koreyaning mashhur  estrada xonandalari Gil Gon va Kim Dji Xyonning chiqishlari bilan yakunlandi. Koreyalik taniqli sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar  ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olinib, kechaga alohida ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Ushbu tadbir doirasida ko‘rgazma ham tashkil etildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 1-noyabrdan nimalar o‘zga...

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» telegram kanalida 1 noyabr...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sha...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami mun...

O‘zbekiston Koreys madaniyat markazlari ...

Janubiy Koreya «The Korea Herald» gazetasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘...

So`nggi yangiliklar