Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Toshkentning Chilonzor tumani va Seulning Yangchon tumani o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda


SЕUL, 29 iyul. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida Toshkentning Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Mamaraimov bilan Seulning Yangchon tumani hokimligining xalqaro hamkorlik masalalarini nazorat qiluvchi, umumiy bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Choi Mi Gyu o‘rtasida videokonferensiya formatida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Uchrashuv chog‘ida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, poytaxt tumanlari o‘rtasida do‘stona aloqalar o‘rnatish va savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Choi Mi Gyu O‘zbekiston va Janubiy Koreya poytaxtining ikki tumani o‘rtasida 2019 yilning sentabrida Seulda imzolangan hamkorlik va do‘stlik to‘g‘risidagi protokol asosida Yangchon tumani hokimligi Chilonzor tumani bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar qayta tiklanganini ma’lum qildi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat oldindan rejalashtirilgan ishlarni to‘liq amalga oshirishga imkon bermadi. Xususan, Yangchon tumani delegatsiyasi 2020 yilda Toshkent shahriga tashrif buyurishni rejalashtirgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli Janubiy Koreya tomonining tashrifi ortga surildi.
Ilhomjon Mamaraimov tuman hokimligi rahbariyatining Janubiy Koreya tomoni bilan amaliy hamkorlikni jadallashtirishga bo‘lgan qiziqishini ta’kidladi. Shu munosabat bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston va Janubiy Koreya poytaxtlari tumanlari rahbarlari o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil etishni taklif etdi. 
Onlayn-muzokaralar chog‘ida tomonlar ilgari kelishilgan sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi. Jumladan, Chilonzor tumani bilan Yangchon tumani o‘rtasida do‘stona aloqalar o‘rnatish bilan bog‘liq ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Aktobeda O‘zbekiston fuqarolariga amaliy...

O‘zbekistonning Aktau (Qozog‘iston) shahridagi Bosh konsulxonasida Aktobe viloyati “Daris”...

Saudiya Arabistonining yetakchi axborot ...

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining yetakchi axborot kommunikatsi...

O‘zbekiston elchisi va BAA davlat vazir...

Bugun mamlakatimiz elchisi Baxtiyor Ibragimov Birlashgan Arab Amirliklari davlat vaziri Ah...

So`nggi yangiliklar