Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Avgust/2020   Ilm-fan

Toshkentning Olmazor tumanida O‘zbekiston-Turkiya texnoparki tashkil etiladi

TOSHKENT, 12 avgust. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning yirik nashrlaridan biri – «Saboh» gazetasi innovatsiyalar sohasida O‘zbekiston va Turkiya hamkorligining yangi bosqichi haqida maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Innovatsion rivojlanish vazirligidan ma’lum qilinishicha, «O‘zbekistonga texnopark investitsiyasi» sarlavhali maqolada turli sohalarni qamrab olgan yirik texnologik loyiha – Olmazor texnoparkini moliyalashtirish haqida so‘z boradi.

«Turkiyaning O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan boshlagan texnopark loyihasi bo‘yicha amaliy qadamlar qo‘yildi. Bu boradagi ilk qadam – Toshkentdagi Olmazor texnoparki bo‘ladi» deb boshlanadi maqola.

Turkiya keyingi yillarda turli sohalarda boshlagan milliy texnologiya jarayonlarini eksport qilish darajasiga erishdi va o‘zi erishgan ilmiy yutuqlarni turkiy tilli mamlakatlar bilan o‘rtoqlashmoqda. Turk Kengashi va turkiy tilli davlatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari samarasini bera boshlagach, qo‘shma ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa pandemiya sharoitida aniqlik kasb eta boshladi.

Toshkent shahridagi Olmazor tumanida barpo etiladigan texnopark shunday faoliyatlarning birinchisidir. Hozirda o‘tgan yili memorandum imzolanishi bilan ilk qadam qo‘yilgan qo‘shma texnopark loyihasining tafsilotlari aniq bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining taklifi bilan barpo etiladigan texnoparkda Turkiyaning yuqori texnologiyalar sohasida dunyo bo‘ylab faoliyat yuritadigan davlat va xususiy korxonalari faoliyat yuritadi. Yer ajratish bilan bir qatorda, O‘zbekiston ushbu loyihaning infratuzilmasini o‘z zimmasiga oladi, shuningdek mamlakatning ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadigan kompaniyalari ham jalb qilinadi. Loyihaning Turkiya tomonidan ishtirokchisi esa Istanbul texnoparki bo‘ladi.

Turk dunyosi birdamlik uyushmasi vitse-prezidenti, investitsiyalarning «me’morlari»dan biri Mustafo Jankat Aytek tomonlarning har biri 50 foiz ulushga ega bo‘lishini ta’kidladi. Aytek mintaqadagi boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish ustida ham ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Mustafo Jankat Aytek O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Oybek Norinboyev boshchiligidagi delegatsiya 2019 yilda Istantul texnoparkiga tashrif qilishganini ta’kidlab, quyidagi ma’lumotlarni berdi: «Ziyorat asnosida O‘zbekiston delegatsiyasi va Istanbul Texnoparki Bosh direktori Bilol To‘pchi orasida hamkorlik, shu jumladan mamlakatda qo‘shma texnopark tashkil etish masalalarini o‘z ichiga olgan memorandum imzolangan».

Mustafo Jankat Aytek, texnoparkda tibbiy vaksinalar va dori-darmon, uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqarish, kommunikatsiya sohasida yangi texnologiyalar yaratish, qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun keng ko‘lamli investitsiyalar kiritilishini aytdi.

Aytek: «Bu loyihalarning eng ustun tarafi - dunyo bo‘ylab yoyilgan turkiy tilli davlatlar olimlarining bilim qudrati o‘z yurtiga qaytadi. Ushbu masalada avvallari o‘z iqtidorlarini namoyon qilolmagan turkiy tilli olimlar investitsiyalarning kirib kelayotgani uchun o‘z sohalarida ishlash niyatida ekanini aytmoqdalar», deya qayd etdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston maktablari AQSh bilan onlayn...

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi AQShning «Oracle» kompaniyasi bilan hamkorl...

Samarqandlik o‘qituvchi va talaba xalqar...

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakillari ”Novaya nauka” xalqaro ilmiy tadqiqot ...

Raqamli ta’limni joriy etish bo‘yicha si...

Mazkur ikkita maktabning 5 tadan o‘quv xonalari Huawei kompaniyasi tomonidan ta’mirdan chi...

So`nggi yangiliklar