Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Yanvar/2021   Jamiyat

Turk kompaniyasi Uchqo‘rg‘on tumanida yirik diagnostika markazini quradi


NAMANGAN, 12-yanvar. /“Dunyo” AA/. Viloyat hokimligida  Turkiyaning «Kanimed Saglik Cozumleri LTD» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Filiz Erdog‘an Marashlioglu bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda, “Dunyo” AA muxbiri .

Namangan viloyati hokimligi manbasiga ko‘ra, turk kompaniyasi Uchqo‘rg‘on tumanida «Zamonaviy diagnostika markazini tashkil etish» loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish uchun tumanning “Chek” mahallasi hududidan 0,2 gektar yer maydoni ajratib berildi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 5 million dollarga teng. Markazda eng zamonaviy tibbiyot anjomlari yordamida 200 dan ortiq tibbiy tahlil namunalari olinishi ko‘zda tutilmoqda. Yuqori malakali turk shifokorlari taklif etilishidan tashqari mahalliy kadrlar uchun 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov muloqot davomida «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb eʼlon qilingan joriy yilda bu kabi loyihalarning ahamiyati yuqori ekanligini taʼkidlab, ularning amalga oshirilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini bildirdi.

— Hozirgi kunda kompaniyamizning diagnostika markazi Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatmoqda, — dedi Filiz xonim. — Yana Toshkentda va Andijonda ham ana shunday markazlarni ochishni rejalashtirganmiz. Namangandagi markaz ko‘lami va sarflanayotgan mablag‘ jihatidan ularning ichida eng yirigi bo‘ladi.

Maʼlumot uchun, «Kanimed Saglik Cozumleri» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Filiz Erdog‘an Marashlioglu  davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan 1-darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Mavzuga oid

«The New York Times» gazetasida O‘zbekis...

Kecha Amerikaning yetakchi kundalik gazetalaridan biri «The New York Times» «O‘zbekiston ...

Anons. "O‘zekspomarkaz"da fevral-aprel o...

2020 yil fevral-aprel oylarida poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazma majmuasi ...

Turkiyalik olimlar: “Prezident Mirziyoye...

Onlayn-tadbirda O‘zbekistonda davlat tilining rivojlanishi, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasi...

So`nggi yangiliklar