Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Fakt

Turkiya arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid qo‘lyozmalarning asl nusxasini Ipak yo‘li xalqaro universitetiga topshirildi

TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. Bugun poyxtaxtimizda o‘tkazilgan  «SHHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros» forumi doirasida “TURKSAT” jamg‘armasi O‘zbekiston tarixiga oid qo‘lyozmalarning asl nusxalarini Ipak yo‘li turizm va madaniy meros instituti kutubxonasiga topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu loyiha doirasida Turkiya arxivlaridan Buxoro, Qo‘qon va Xorazm xonliklariga oid hujjatlar topildi. Ayni paytda jamg‘arma tomonidan 55 mingta elektron hujjat (qo‘lyozma) raqamlashtirildi.

Forumda doirasida, shuningdek, “TURKSAT” jamg‘armasi va O‘zbekiston turizm va madaniy meros vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Hujjatga binoan, Jamg‘arma Turkiyaning bir nechta shaharlarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qiladi va mamlakatimizga sayyohlarni jalb qilish uchun qator madaniy tadbirlarni o‘tkazishga ko‘maklashadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Jah...

O‘zbekistonning Sog‘liqni saqlash butunjahon assambleyasi 75-sessiyasidagi ishtiroki doira...

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazi...

Bugun Xalqaro ilm-fan tashkilotlari ittifoqi (ANSO), Xitoy xalqaro madaniy almashuv markaz...

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida insulin...

Mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasida O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazi...

So`nggi yangiliklar