Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Avgust/2020   Jamiyat

Turkiya bilan Movarounnahr ilmiy merosini o‘rganishda hamkorlik qilinmoqda

ANQARA, 24 avgust. /“Dunyo” AA/. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyadagi Anqara Yildirim Boyazid universiteti hamkorligida “Movarounnahr faqihlari ilmiy merosi va ularning fiqh ilmi rivojiga qo‘shgan hissalari” mavzusida navbatdagi onlayn seminar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.



Unda markaz tadqiqotchilari, yurtimizda diniy-ma’rifiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot va muassasalar professor o‘qituvchilari va yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar hamda Turkiyada tahsil olayotgan talabalar guruhi ishtirok etdi. Seminarda Anqara Boyazid Yildirim universiteti Islom huquqi kafedrasi mudiri, professor Ahmad Unsal Movarounnahrdan yetishib chiqqan mashhur faqihlar, bizgacha yetib kelgan mashhur fiqhiy asarlar va ularga yozilgan sharhlar, Movarounnahr faqihlarining fiqh ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida ma’ruza qilib, o‘z ilmiy izlanishlari davomida to‘plagan ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar avvalida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov so‘zga chiqib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, markaz tomonidan ajdodlarimiz ilmiy-ma’naviy merosini asrab avaylash va chuqur tahliliy o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berdi. Yaqinda Imom Moturidiyning ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha yangi markaz tuzilganiga alohida urg‘u berildi. Imom Buxoriy markazida ham Moturudiyning “Ta’vilot” nomli asari tarjimasi ustida ish olib borilayotgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Anqara Boyazid Yildirim universiteti Ilohiyot fakulteti professori Ahmad Unsal so‘zga chiqib, mavzuga doir ma’ruza qildi. Jumladan, turkiyalik olim joriy yilning mart oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Imom Moturidiy xalqaro konferensiyadan katta taassurot olganini qayd etdi. Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qarori bilan O‘zbekistonda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilganini yuqori baholadi.

Seminarda turk olimi Movarounnahr ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha o‘zbekistonlik tadqiqotchilar bilan hamkorlik qilish va birgalikda turli ilmiy tadbir va tadqiqotlar olib borishga tayyorligini bildirdi. Bu jarayonlarga Turkiyaning yetakchi bo‘lgan Marmara, Anqara, Istanbul va Ibn Xaldun universitetlarining ilohiyot fakultetlari professor-o‘qituvchilarini jalb etishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zgidromet: Havo issiq. Bundan ham issi...

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) yaqin to‘rt kun davomida qan...

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan t...

Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotini ulugʻlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va nufuz...

Adliya vazirligi: chet elga noqonuniy ol...

Joriy yilning 14-may kuni Fransiyadan 10 million AQSH dollari miqdoridagi aktivlar O‘zbeki...

So`nggi yangiliklar