Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   Madaniyat

Turkiyada Navoiy merosining turkiy tillar taraqqiyotidagi o‘rni muhokama qilindi

 ISTANBUL, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. Istanbul shahridagi Turkiy davlatlar madaniyat markazida buyuk o‘zbek mutafakkiri va shoiri Mir Alisher Navoiy ijodiy-maʼnaviy merosiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 Anjuman O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, Istanbul meriyasi Muzeylar bosh boshqarmasi, Turkiyadagi O‘zbekiston madaniyati, birdamligi va hamkorligi jamiyati, O‘zbek ayollari huquqlarini himoya qilish hamda Turkistonliklarga madaniy va ijtimoiy yordamlashish jamiyatlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zbek adabiyotining buyuk siymosi, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning turkiy tilni shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan beqiyos hissasani alohida taʼkidladi.  

Anjuman ishtiokchilari mamlakatimizda Alisher Navoiyning boy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 2021 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan  Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etilgani, hozirda fond samarali faoliyat olib borayotganligi maʼlum qilindi.

Turkistonliklarga madaniy va ijtimoiy yordamlashish jamiyati rahbari Akbar Yassa Turkiyada Navoiyning shaxsi va ijodiga yuksak hurmat ko‘rsatilishini bildirdi.

 «G‘azal mulkining sultoni sifatida shuhrat qozongan Navoiy merosini o‘zbek va turkiy xalqlarni birlashtirib turuvchi hamda madaniyatlar uyg‘unligini aks ettiruvchi muhim jihat sifatida  tavsiflash mumkin. Biz turkiy xalqlar haqli ravishda Navoiydek ajdodimiz o‘tgani bilan faxrlanamiz», dedi u.

Tadbirda, shuningdek, Alisher Navoiyning ijodi va hayotini ilmiy o‘rganishni yana-da takomillashtirish, bu borada turkiy olim va tarixshunoslarning hamkorligini rag‘batlantirish masalalari xususida ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik geymerlar turnirda ishtir...

“ASUS” transmilliy kompaniyasi tomonidan “ROG Community CUP” havaskorlari o‘rtasida “CS:GO...

“O‘zbekkino” Yaponiyada o‘tadigan “DigiC...

“O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan Yaponiyada o‘tadigan “DigiCon6 ASIA” kinofestivali...

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibin...

AQSh Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus o‘zining «Twitter» va «Instagram» ijtimoiy ...

So`nggi yangiliklar