Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Vatandoshlarimiz

Turkiyada tashkil etilgan «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zolari O‘zbek tili bayrami kunini nishonladi


ANQARA, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. 21 oktabr - O‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlash doirasida mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi qoshidagi «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zolari tomonidan Turkiya  madaniyat va turizm vazirligi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi (YTB)ning Anqaradagi ofisida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda 1989 yil 21 oktbyar kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilgani va ushbu tarixiy sana 2019 yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilangani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bugungi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘zbek tilining xalqaro ko‘lamdagi nufuzi va mavqeini oshirish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar qayd etildi. Ona tilimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarida yangrayotgani alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida Anqara shahrida ta’lim olayotgan xorijlik talabalar tomonidan O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tayyorlangan videorolik  namoyish etildi.

Shu bilan birga, o‘zbekistonlik talabalar tomonidan Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon, Zulfiyaxonim va Nodirabegim qalamiga mansub she’riy asarlar o‘qib berildi.

Mavzuga oid

BAAdagi vatandoshlar O‘zbekiston Prezide...

Birlashgan Arab Amirliklarida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandosh Gulbahor Ahmedo...

Sharjada mehnat qilayotgan yurtdoshlarim...

O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi tomonidan Ramazon oyi munosaba...

Janubiy Koreyadan munosabat: Maftunkor d...

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan «Vatandoshlar» jamoat fondini tashkil etish t...

So`nggi yangiliklar