Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Avgust/2021   Saylov - 2021

Turkiyada «Yangilanayotgan O‘zbekiston – yangicha saylovlar» mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


 ANQARA, 6 avgust. /“Dunyo” AA/.  Mamlakatimiz elchixonasida «Yangilanayotgan O‘zbekiston – yangicha saylovlar» mavzusida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda 50 nafardan ortiq vatandosh, shu jumladan, Turkiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar hamda oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi hamda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi keng qamrovli islohotlar, ular berayotgan salmoqli samaralar yuzasidan atroflicha fikr yuritildi.

Tarbir chog‘ida 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgani, unda yirik siyosiy jarayonga - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berilgani maʼlum qilindi. Qayd etilganidek, 2021 yil 24 oktyabr sanasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni, deb belgilandi.  Saylov kampaniyasi 23 iyuldan eʼtiboran boshlandi.

Turkiyadagi fuqarolarimizning saylovda ovoz berishi uchun O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasida saylov uchastkalari tashkil etilib, saylov jarayonini milliy saylov qonunchiligi asosida umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlar va demokratik tamoyillarga tayangan holda ochiq va oshkora tarzda o‘tkazilishining taʼminlanishi alohida taʼkidlandi.

Vatandoshlarimiz mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan ushbu siyosiy jarayonni elchixonaning veb-sayti va “Facebook” rasmiy sahifalari hamda respublika OAV orqali kuzatib borishga va bo‘lajak saylovda faol ishtirok etishga daʼvat etildi.

Mavzuga oid

Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi, tan...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston МТЖ a’zosi, Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurod...

Turkiyadagi vatandoshlar: Mening ovozim ...

Bugun Turkiyaning Bursa, Karabuk va Konya shaharlarida O‘zbekiston Prezidenti saylovida mu...

Rasman beshta siyosiy partiyaga O‘zbekis...

Bugun Markaziy saylov komissiyasining (MSK) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

So`nggi yangiliklar