Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Avgust/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Turkiyadagi vatandosh: Yangi O‘zbekistonning yangi g‘oyalari xalqimiz, jumladan, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochishiga ishonaman

ANQARA, 4-avgust. /“Dunyo” AA/. Anqara Haji Bayram Vali universiteti Adabiyot fakultetining Sanʼat tarixi bo‘limi aspiranti Surayyo Xo‘jayeva O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z munosabatini bildirdi:


– Xorijda istiqimot qilayotganim sababli har kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakatimizda kechayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonlarini diqqat bilan kuzatib boraman.

Yangi O‘zbekistonning yangi g‘oyalari xalqimiz, jumladan,   yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochishiga ishonaman.  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida izchil davom etayotgan ijobiy o‘zgarishlar chetdan qaraganda yana-da yorqinroq ko‘rinadi.

Hozirgi paytlarda yoshlarimizning nufuzli xorij universitetlarida tahsil olishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar natijasi o‘laroq Vatanimizning intellektual salohiyati tobora ortmoqda. Yoshlarning yana-da ko‘proq xorijga chiqishlari uchun Konstitutsiyaga inson kapitalini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha va meʼyorlar kiritilishni olqishlayman. Davlatimiz rahbari aytganlaridek, O‘zbekiston yoshlar mamlakati bo‘lishi shart.

Nafaqat chet eldagi universitetlar, balki mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratilib, yosh talabalar uchun imkoniyatlar kengayib borayotgani quvonarli hol. Shu bilan birga, O‘zbekistonda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining filiallari ochilayotgani ham ayni muddaodir.

Fikrimcha, davlat boshqaruvida ham chet el tajribasi va bilimini egallagan yoshlarga imkon berish kerak. Biz yoshlar mamlakatimizdan yana-da ko‘p imkoniyatlarni kutib qolamiz.

Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar va aholi tomonidan berilayotgan fikr-mulohaza va takliflar men kabi xorijda taʼlim olayotgan talabalar hamda mehnat muhojirlarini judayam qiziqtirmoqda. O‘zbekiston ham Turkiya va Yevropaning qator mamlakatlari kabi rivojlanishini astoydil hohlaymiz va bu yo‘lda  qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatlarimiz safarbar qilamiz.

 

Mavzuga oid

Misrdagi vatandosh: Qonunlar hayotga tad...

Misrda istiqomat qilayotgan vatandoshimiz Husaynxon qori Yahyo Abdulmajid tomonidan mamlak...

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekisto...

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z m...

Fransiyadan munosabat: O‘zbekiston rahba...

Fransiya xalqaro va strategik munosabatlar instituti eksperti Karim Pakzad O‘zbekistonda a...

So`nggi yangiliklar