Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Turkiyadagi vatandoshimiz: Biz qayerda bo‘lishimizdan qatʼiy nazar Vatanimiz bizga doimiy g‘amxo‘rlikda ekanligi har birimizga g‘urur va quvonch baxsh etadi

ISTANBUL, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. Respublikamiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalaga vatandoshimiz, Istanbul Baxcheshexir universiteti magistratura bosqichi talabasi Jobirxon Inomov o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.


– Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tayyorlangan qonun loyihasida aks ettirilgan yangi tartib va qoidalar, eng avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish, taʼlim, fan, madaniyat va maʼnaviyat rivojiga muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishiga aminman.

Bosh qomusimiz 22-moddasining taklif etilayotgan yangi tahririda “Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi», - deb belgilanishi men va men kabi xorijda tahsil olayotgan va ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga bildirilgan katta eʼtibor, deb bilaman. Biz qayerda bo‘lishimizdan qatʼiy nazar Vatanimiz bizga doimiy g‘amxo‘rlikda ekanligi shubhasiz har birimizga g‘urur va quvonch baxsh etadi.

Ushbu qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayonida, albatta, shaxsan o‘zim va boshqa o‘zbekistonlik vatandoshlarim bilan birgalikda faol ishtirok etamiz.

Mavzuga oid

Tailanddan munosabat: Inson shaʼni va qa...

Joriy yil 8 avgust kuni Tailand Milliy Assambleyasi qoshidagi “King Prajadhipok‘s Institut...

O‘zbekiston delegatsiyasi Sibir hududlar...

Joriy yil 12-19 iyul kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiya...

Erondagi vatandoshlar ishtirokida O‘zbek...

Joriy yilning 21 iyul kuni mamlakatimizning Erondagi elchixonasida shu davlatda tahsil ola...

So`nggi yangiliklar