Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Turkiyadagi vatandoshimiz: Konstitutsiyaviy islohotlar xalq manfaati va uning baxt-saodatini o‘ylab amalga oshirilayotganiga ishonamiz

ISTANBUL, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. Istanbul shahri Marmara universiteti “Siyosiy bilimlar va xalqaro munosabat” fakulteti talabasi Abdurahmon Temurov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan o‘tkazgan uchrashuvidagi nutqi men va men bilan birga tahsil olayotgan tengqurlarimda katta qiziqish uyg‘otdi.  

Yangi O‘zbekistonning Yangi Qomusida umumjahon normalarida tan olingan “Xabeas korpus” va “Miranda” qoidalarining muhrlanishi O‘zbekistonda inson haq-huquqlarining so‘zda emas, amalda taʼminlanishi va kafolatlanishi hamda davlat rahbari tomonidan respublikada olib borilayotgan huquqiy reformalarning jahon afkor ommasi tomonidan so‘zsiz tan olinishiga olib keladi.

2022 yil 25 iyun kuni “Xalq so‘zi” gazetasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi eʼlon qilindi.

Mazkur meʼyorning 28-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda bo‘lib turgan har bir shaxs respublika hududi bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini erkin tanlash huquqiga egaligi belgilanmoqda. Shuningdek, Bosh qomusimizda fuqarolar respublikadan tashqariga chiqish va yurtimizga moneliksiz qaytish huquqiga egaligi muhrlanmoqda.

Ushbu normalar xorijda biz kabi oliy taʼlim olib yoki mehnat qilib yurgan vatandoshlarning hohlagan vaqtda kindik qoni to‘kilgan yurtga qaytishi, uning bu huquqini hech kim buza olmasligi uchun huquqiy asos yaratmoqda.

Konstitutsiyaviy islohotlar xalq manfaati va uning baxt-saodatini o‘ylab amalga oshirilayotganiga ishonaman.

Bu o‘zgartirishlar qo‘llab-quvvatlanib, xalqimiz tomonidan qabul qilinadi, degan umiddaman.

Mavzuga oid

AQSHdagi vatandosh: Konstitutsiyaga kiri...

San Fransisko universiteti (AQSH) magistranti Botirjon Azizov mamlakatimizda umumxalq muh...

Rossiyadagi vatandosh: O‘zbekiston o‘z f...

Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz Ozodbek Qosimov O‘zbekistonda a...

Avstriyadagi vatandosh: Konstitutsiyaviy...

Vena davlat universiteti magistranti Ramilya Ro‘zi Mamati “Dunyo” AA uchun intervyusida K...

So`nggi yangiliklar