Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Aprel/2020   Dolzarb

Turkiyadan jo‘natilgan insonparvarlik yordami Toshkentga yetib keldi


TOSHKENT, 23-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi hamda Istanbuldagi Bosh konsulxonasi huzurida tashkil qilingan Tezkor shtablarda yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurash uchun zarur bo‘ladigan dori-darmon va tibbiy vositalarni yig‘ish, ularni O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha keng qamrovli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Bu kabi ezgu intilishlar turkiyalik hamkor va ishbilarmon doira vakillarining faol ko‘magida amalga oshirilyapti, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Saʼy-harakatlarning amaliy natijasi o‘laroq, joriy yil 23-aprel kuni mamlakatimizning Anqarada joylashgan elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida turkiyalik biznes doira vakillari tomonidan shakllantirilgan beg‘araz insonparvarlik yordami “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining maxsus samolyotida Toshkentga yetkazildi.

Turkiyadan olib kelingan qimmatli yuk tarkibi 50 mingta tibbiy niqoblar, 200 mingta kombinezon va 200 mingta yuz himoya vositalaridan shakllantirilgan.

Insonparvarlik yordami Turkiyaning “Çalık Holding” va “Kani-Med Healthcare” kompaniyalari tomonidan taqdim etildi. Ushbu tashkilotlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati va amaliy harakatlarni ham faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasiga qarshi qatʼiy choralar ko‘rilayotgan ayni kunlarda qardosh turk hamkorlarning tibbiy vositalar ko‘rinishida yordam berayotgani O‘zbekiston va Turkiya taraqqiyotning yangi bosqichiga birgalikda qadam qo‘yish barobarida umumiy xavf-xatarlarga qarshi birdamlik ko‘rsatishga tayyor sodiq do‘st ekanini namoyish qilmoqda.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasiga ushbu mamlakat hududlaridagi sheriklardan koronavirusni yengishda zarur bo‘ladigan dori-darmon, tibbiy vosita va uskunalar ko‘rinishidagi insonparvarlik yordamining kelishi davom etmoqda.

Jahongir Azimov olgan surat.

Mavzuga oid

Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev: O‘zb...

“Men Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi ...

O‘zbekiston Prezidenti: “Yoshlar yangi g...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelajakdan umidvor bo‘lgan yoshlar sayyoramizdag...

So`nggi yangiliklar