Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Turkiyadan munosabat: Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish tashabbusi O‘zbekistonda inson qadri va xalq turmush darajasini yana-da yuksaltirishga qaratilgan

 ISTANBUL, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. «Turkpermit Organizasyon Danismanlik A.Ş.» kompaniyasining Istanbuldagi filiali rahbari Yulduz Uzunaslan O‘zbekistonda davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayoniga o‘z munosabatini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


-Biz xorijdagi vatandoshlar jonajon O‘zbekistonimizda so‘nggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-gumanitar sohalardagi tub islohotlar va, umuman, o‘zbek xalqi hayotining barcha jabhalaridagi ijobiy o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib borayapmiz.

Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish tashabbusi O‘zbekistonda inson qadrini mustahkamlash, jamiyatda ochiqlikni taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek xalqi turmush darajasini yana-da yuksaltirishga qay darajada eʼtibor berilayotganidan dalolatdir.

Insonga bu tarzda xizmat qilishdek oliy maqsad xorijdagi o‘zbek vatandoshlarimiz uchun ham juda quvonchli hol.

Men Bosh qomusning 22-moddasiga «O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi» degan qo‘shimchaning kiritilishini xorijdagi, jumladan, Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari uchun muhim ahamiyatga ega, deb hisoblayman. Shuningdek, ushbu moddadagi «Davlat horijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi»  normasi men kabi O‘zbekistondan tashqarida yashab kelayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni izchil ravishda rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi, deb bilaman.

 

Mavzuga oid

Tojikistondan munosabat: Dunyo o‘zbeklar...

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya aʼz...

Portugaliyadagi vatandosh: O‘zbekistonda...

Vatandoshlarimiz mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Konstitutsiya...

Indoneziyadagi vatandosh: Konstitutsiyav...

Indoneziyadagi vatandoshimiz Svetlana Galiulina O‘zbekistondagi konstitutsion islohotlarga...

So`nggi yangiliklar