Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2022   Sayyohlik

Turkiyadan munosabat: ACCOR guruhi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdordir

ISTANBUL, 24-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari dunyoda nom qozongan ACCOR xalqaro mehmonxona operatorining Istanbul shahridagi nufuzli “Hotel Fairmont Quasar Istanbul”  mehmonxonasi bosh direktori Nikolas Kriper va savdo bo‘yicha direktori Korxan Yuksel bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Mehmonxona rahbariyati tomonidan ma’lum qilinishicha, hozirgi paytda ACCOR guruhi tarkibiga Rixos, Fairmont, Swissotel, Raffles, Orient Express, Pullman, MGallery by Sofitel, Novotel, Mercure, Ibis, Adagio, Banyan Tree va boshqa dunyoga mashhur mehmonxonalar tarmoqlari kiradi. Ular dunyoning 110 mamlakatda faoliyat ko‘rsatmoqda, mehmonxonalarining hozirgi kundagi umumiy soni 5 mingni tashkil etadi. Bu guruh Markaziy Osiyo miqyosida faqat Qozog‘iston Respublikasida o‘z mehmonxonalarini ochgan.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsuli Amirsaid Agzamxodjayev so‘nggi besh yil davomida mamlakatimizda turizm sektori jadal rivojlanayotgani holda bu sohani jahon talablariga mos ravishda ravnaq toptirish yo‘lida ko‘pgina diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. Shu jumladan, mehmonxonalar infratuzilmasini shakllantirish borasida keng miqyosli islohotlar amalga oshirilayotgani, hozirgi kunda mamlakatimizda dunyoga mashhur bir qancha mehmonxonalar bunyod etilgani va ular o‘z ishini samarali yo‘lga qo‘yganini qayd etdi.

N.Kipper O‘zbekistonda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni kuzatib borayotganini ma’lum qilar ekan, mamlakatimiz bundan ham ko‘p sayyohlarni jalb etish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidladi. 

“ACCOR guruhi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdordir”, dedi u.

Mavzuga oid

«Die Welt»: O‘zbekistonga xush kelibsiz...

Germaniya «Die Welt» kundalik gazetasining «Reiseguide» maxsus ilovasida «O‘zbekistonga xu...

O‘zbekiston turizm salohiyati xalqaro an...

O‘zbekiston elchixonasi mamlakatimiz Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi T...

“O‘zbekiston. Islom qadamjolari”

“Dunyo” axborot agentligi tomonidan suratga olinayotgan ushbu turkumdagi videoroliklarning...

So`nggi yangiliklar