Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyun/2022   Dolzarb

Turkiyadan munosabat: O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy tamoyiliga muvofiq islohotlarni amalga oshirmoqda

 ANKARA, 24 iyun. /“Dunyo” AA/. Rossiya va MDH davlatlarini o‘rganish instituti direktori Solih Yilmaz (Turkiya) “Dunyo” axborot agentligiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun “BRIKS plyus” sammitidagi nutqi ahamiyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:


– O‘zbekiston rahbarining nutqini katta qiziqish bilan kuzatdim. Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridanoq fuqarolarning munosib turmush darajasini taʼminlash, qashshoqlikni kamaytirish va mamlakat aholisi daromadlarini oshirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikka erishishni ustuvor vazifalar, deb belgiladi.

Yangi O‘zbekistonda qisqa muddatda ana shu maqsadlarga erishish yo‘lida qo‘yilgan aniq qadamlar, ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar o‘zining ijobiy natijalarini berayotganiga jahon hamjamiyati guvoh bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda alohida taʼkidlamoqchimanki, O‘zbekistonda “Inson manfaatlari - hamma narsadan ustun” tamoyili asosidagi islohotlar Barqaror rivojlanish maqsadlarining “Hech kimni ortda qoldirmaslik” asosiy tamoyili bilan hamohangdir va  zamon talablari ruhida amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida O‘zbekiston  “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun”  tamoyili asosida keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirishini taʼkidladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbari davlat boshqaruvini takomillashtirish, 2030 yilgacha kambag‘allikni kamaytirish va o‘rtacha daromaddan yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga qo‘shilish, gender tengligi va ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik va barqarorlikni mustahkamlash Yangi O‘zbekiston qurilishining asosiy ustuvor yo‘nalishlari bo‘lishini yuksak minbardan turib taʼkidladi.

Ishonchim komilki, bugungi taraqqiyot surʼatlari va mamlakatda hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston 2030 yilga borib o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga, jumladan, fuqarolarning daromad darajasini o‘rtacha ko‘rsatkichdan oshirishga erishadi. Chunki respublikadadagi barcha o‘zgarishlarning asosiy maqsadi barqaror rivojlanish asosida O‘zbekiston aholisining farovonligi va turmush sifatini izchil oshirishdan iborat.

 

 

Mavzuga oid

O‘mon Sultonligi kompaniyasi ishtirokida...

Kecha Toshkent viloyatida O‘mon Sultonligining «Atyab Foodtech» kompaniyasi ishtirokida Ag...

JSTga a’zo bo‘lish va Yevroosiyo iqtisod...

O‘zbekiston Prezidentining «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqi...

SMTI eksperti: O‘zbekiston tashabbusi Ma...

Joriy yil 15–16 iyul kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan «Ma...

So`nggi yangiliklar