Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   Dolzarb

Turkiyadan munosabat: O‘zbekiston konstruktiv va yaratuvchan tashqi siyosatga sodiq qolmoqda


ANQARA, 4 mart. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning 14-sammitidagi nutqi Turkiya ekspertlar hamjamiyati vakillari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kurshad Zorlu, taniqli siyosatshunos, Yozgat universiteti menejment va iqtisodiy bilimlar fakulteti dekani, Markaziy Osiyo mamlakatlari haqida qator maqola va kitoblar muallifi, professor:

- Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi to‘rt yil ichida nafaqat O‘zbekistondagi islohotchilik faoliyatini jonlantirishga, balki xalqaro hamkorlik ufqlarini kengaytirish orqali ulkan mintaqa bo‘ylab siyosiy va iqtisodiy munosabatlarga sezilarli turtki berishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu tendensiya natijasida O‘zbekistonda yangi geosiyosiy o‘ziga xoslik shakllanmoqda. Bugun rasmiy Toshkent nafaqat keng qamrovli, shu jumladan, turli sheriklar bilan ko‘p tomonlama aloqalarni faol rivojlantirmoqda, balki makro mintaqaviy darajadagi hamkorlik faollashtirish uchun qator amaliy takliflarning tashabbuskori bo‘lmoqda. Qo‘shni davlatlar va boshqa sheriklar bilan munosabatlarda, masalan, AQSH, Rossiya, Xitoy va Turkiya kabi xalqaro munosabatlarning sub’ektlari bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikka asoslangan munosabatlarning yangi modelini yaratdi. O‘zbekiston rahbarining Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on boshchiligidagi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan IHT 14-sammitidagi nutqi ushbu yangilanishlar ruhida bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida mintaqaviy sheriklikni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida mutlaqo konstruktiv tasavvurni taqdim etdi, shuningdek, pandemiya oqibatlarini bartaraf etish, savdo aloqalarini tiklash, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, transport va logistika sohasi, oziq-ovqat xavfsizligi, "yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirish va moliyaviy hamkorlik sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surdi.

Biz buni nafaqat O‘zbekistonning tashabbuskor tashqi siyosatining, uning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti orqali avvalgi aloqalarining mantiqiy davomi, balki Yevroosiyoning muhim makro mintaqasida sheriklikni rivojlantirishga qo‘shimcha turtki berishga qaratilgan yangi qadam sifatida ham baholaymiz. O‘zbekistonning IHTda ilgari surgan tashabbuslari Turkiya raisligining ustuvor yo‘nalishlariga mos kelgani va tashkilotning butun makonida hamkorlikni inklyuziv rivojlantirish uchun yangi sinergiyalar yaratishi bizni, ayniqsa, quvontirdi.

Tug‘rul Chamash, siyosatshunos, AnkaSAM (Anqara) tahlil markazi sharhlovchisi:

- Ekspert va tahlil doiralarda IHT mintaqasining oddiy bo‘lmagan geosiyosiy tabiati tan olinadi. Bu yerda turli kuchlarning strategik manfaatlari bir-biriga bog‘langan bo‘lib, ular, ochig‘ini aytganda, ba’zan boshqa-boshqa yo‘nalishli, qiyin maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi.

Shu sababli, manfaatlarning umumiy asoslarini topish, diqqat va resurslarni IHT hududidagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlariga to‘g‘rilash qobiliyati ko‘p qirrali hamkorlikka nisbatan nozik, ijodiy, shuningdek, samimiy yondashuvlarni talab qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev aynan shunday kalitlarni topa oldi. Uning takliflari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining tuzilmalari va a’zo davlatlarda amaliy qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston konstruktiv, yaxshi qo‘shnichilik, bir so‘z bilan aytganda, yaratuvchan tashqi siyosatni davom ettirishga sodiq qolmoqda. Buning natijasida bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi, ijobiy siyosiy muhit hukm surmoqda. Ushbu mintaqada yangi geosiyosiy status-kvoning shakllangani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. O‘zbekistonning keng mintaqadagi, shu jumladan, IHT makonidagi izchil faoliyati Markaziy Osiyo atrofidagi makromintaqada ham xuddi shunday foydali ta’sirga umid qilish imkonini bermoqda.

O‘zbekistonning IHT doirasidagi faolligi katta yutuq bo‘lib, bu tashkilotni mustahkamlamoqda, kuchaytirmoqda va uning taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti BMT huzurida Afg‘...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiy...

O‘zbekiston – Xitoy: Sichuan provinsiyas...

Muzokaralarda Sichuan provinsiyasining mamlakatimiz viloyatlari, shu jumladan, Toshkent sh...

Belarus xalqaro audit tashkiloti O‘zbek...

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligida Belarus fan va texnologiyalar bo‘yicha d...

So`nggi yangiliklar