Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/May/2021   Dolzarb

Turkiyadan munosabat: O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bildirilgan takliflar O‘zbekistonning Yevroosiyo mintaqasida hamkorlik rivojiga qo‘shimcha turtki berishga qaratilgan faol tashqi iqtisodiy siyosatidan dalolat beradi

ANQARA, 22-may. /«Dunyo» AA/. Turkiya ekspert-tahliliy doiralari vakillari O‘zbekiston bilan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) o‘rtasidagi munosabatlar rivojini katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishidagi ishtiroki shu ma’noda muhim voqea bo‘ldi.


Quyida «Dunyo» AA Turkiya tahlilchilari va ekspertlarining davlatimiz rahbarining kengash yig‘ilishidagi ishtiroki va ma’ruzasi haqidagi fikrlarini taqdim etmoqda.

Mehmet Seyfitdin Erol, «ANKASAM» tahliliy markazi direktori:

- Har qanday davlat uchun biznes vakillarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida maksimal chora-tadbirlar ko‘rish alohida ahamiyatga ega. Bu, ayniqsa, pandemiya sharoitida o‘z isbotini topdi. Bunday vaziyatda iqtisodiy va ijtimoiy keskinlikka sabab bo‘lmaydigan eng to‘g‘ri qarorlar qabul qilinishi kerak. Shu ma’noda O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi sifatida qatnashayotgani Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy xavf-xatarlarni bartaraf etish, shu bilan birga, YEOII imkoniyatlaridan foydalanib, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlashga qaratilgan oqilona va teran siyosatidan dalolat beradi.

O‘zbekiston rahbari tomonidan yig‘ilishda YEOIIga a’zo davlatlar mintaqalarining yetakchi korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish va savdo hajmini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar juda dolzarb va alog‘ida e’tiborga molikdir.

Transport aloqasi o‘zaro savdo rivojini ta’minlashning asosiy mexanizmlaridan biri ekanini hisobga olgan holda, chegaradan o‘tish, kapital, tovarlar, mehnat va xizmatlar harakati tartiblarini soddalashtirish masalalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish zarur.

Solih Yilmaz, «RUSEN» tahliliy markazi direktori:

- Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida O‘zbekiston savdo to‘siqlarini bartaraf etish yo‘lida YEOII bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi. U ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tovarlar tranziti uchun o‘zaro imtiyozlar berish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu faol nuqtai nazar O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini va mintaqaning yetakchi davlatlardan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi va malakali kadrlari bilan Sharq va G‘arb mamlakatlari o‘rtasida nafaqat iqtisodiy yo‘lak, balki o‘zining tarixiy mavqeidan kelib chiqqan holda madaniy yo‘lakni ham ta’minlay oladi.

Ali Baklan, «Baktat Gıda San. Tic. Ltd. Şti» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi:

- O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tovarlar o‘tishini soddalashtirish, iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, jumladan, turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun katalizator bo‘lib xizmat qiladigan muntazam havo va temir yo‘l qatnovini qayta tiklash zarurligi haqidagi bayonotiga to‘liq qo‘shilaman.

Xalqaro savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan mazkur hududda yangi samarali transport yo‘laklarini shakllantirish uchun hali to‘la foydalanilmayotgan tranzit salohiyati va imkoniyatlar mavjud.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bildirilgan takliflar O‘zbekistonning Yevroosiyo mintaqasida hamkorlik rivojiga qo‘shimcha turtki berishga qaratilgan faol tashqi iqtisodiy siyosatidan dalolat beradi.

Mavzuga oid

Qirg‘iziston Prezidenti Bishkekka yetib ...

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Moskvadan qaytgach, koronavirus uchun test nat...

Mahalla va oilalarga ko‘maklashish bo‘yi...

Mahalla va oila muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda hal etish masalalari bo‘yicha vide...

O‘zbekistonlik yoshlar nemis kompaniyasi...

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Germaniyaning “Euro...

So`nggi yangiliklar