Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Turkiyadan munosabat: Saylovchilarning Shavkat Mirziyoyevga yuksak ishonchi so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar muvafaqqiyatining tasdig‘idir


ANQARA, 26-oktabr. /«Dunyo» AA/. Anqaro inqiroz va siyosat tahliliy markazi direktori, professor doktor Mehmat Seyfettin Erol shu yil 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalari bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri
 
- 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Yangi O‘zbekiston yetakchisi, amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘olib chiqdi. O‘zbek xalqi saylovda Shavkat Mirziyoyevni tanlash orqali Yangi O‘zbekistonni bunyod etish bo‘yicha boshlangan sa’y-harakatlarning davom ettirilishini ixtiyor etdi. 
 
Bu natija tasodifmi? Albatta, yo‘q!
 
Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 yillarda ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatli faoliyati, uzoqni ko‘zlab amalga oshirayotgan loyihalari, mintaqa tinchligi va barqarorligini ta’minlashda tutgan o‘rni uning kuchli rahbar ekanini isbotladi.  
 
O‘zbekiston xalqi o‘z tanlovini umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar asosida amalga oshirdi. Saylovchilarning Shavkat Mirziyoyevga yuksak ishonchi hamda uning qayta saylanishi so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar muvafaqqiyatining tasdig‘idir.
 
Buni nafat o‘zbek xalqi, balki mintaqa davlatlari, dunyoning yetakchi mamlakatlari rahbarlari, shuningdek, siyosatchilar ham e’tirof etmoqda. Yevroosiyo geosiyosatining o‘zgaruvchan bugungi jarayonida mintaqaning yuragi bo‘lgan O‘zbekistonning o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
 
Aytish kerakki, Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida nafaqat O‘zbekiston, balki Turkiy kengash doirasida ham muhim loyihalar, tashabbuslar ilgari surilmoqda. Shu ma’noda saylovda Shavkat Mirziyoyevni yoqlab ovoz bergan o‘zbekistonliklar turkiy dunyo istiqboli uchun ham o‘z xohish-irodalarini namoyon etdi, deb hisoblayman.
 
O‘zbekiston xalqini Prezident saylovida insonparvar va xalqchil nomzod g‘alaba qozongani bilan samimiy tabriklayman. Turkiy dunyoning kuchli siyosiy irodaga ega bo‘lgan davlat arboblaridan biri - Shavkat Mirziyoyevni  xalq ishonchini qozongani bilan muborakbod etamiz va  kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti saylovi mavzusi S...

Saudiya Arabistonining “Ar-Riyod” kunlik gazetasi hamda “Xorijdagi misrliklar” nomli elekt...

Turkiyadan munosabat: O‘zbekistondagi ka...

Turkiyaning «YeniSafak» elektron portalida «O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar va porl...

Tarazda O‘zbekiston Prezidenti saylovida...

O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni Taraz shahridagi (Q...

So`nggi yangiliklar