31/May/2023 Vatandoshlarimiz
ISTANBUL, 31 may. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (TMMA) vakili Turkiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun TMMA tomonidan Toshkent – Dubay – Istanbul – Antaliya yo‘nalishi orqali ishga yuborilgan 15 nafar vatandoshimizni Istanbul shahridagi “Sabiha Gyokchen” xalqaro aeroportida kutib olish va kuzatishni tashkillashtirib, ularga foydali maslahatlar berishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Vatandoshlardan mezbon davlat qonunlarini buzmaslik hamda ish joyida mehnat intizomiga rioya qilish so‘raldi. Turkiyadagi mehnat faoliyatlari davrida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha konsullik muassasasi va TMMA xodimlari bilan bog‘lanishlari mumkinligi taʼkidlandi.