Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Madaniyat

Tyumen davlat universitetida «O‘zbek tili va adabiyoti markazi» tashkil etiladi


YEKATERINBURG, 29 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Tyumen davlat universitetida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Safar davomida Tyumen davlat universitetining «Gyote kutubxonasi»da, mazkur oliy o‘quv yurti rektorining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Andrey Tolstikov va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Andrey Tolstikov universitet faoliyati hamda ikki tomonlama hamkorlik borasida qisqacha maʼlumot berib, Tyumen davlat universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar iqtidorini yuqori baholadi. O‘zbekistonlik talabalar nafaqat bilim jihatidan, balki universitet madaniy va sport hayotida ham faol ekani qayd etildi.

—Joriy yilda O‘zbekistondan 145 yosh talaba bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi, —dedi Andrey Tolstikov. — Bugungi kunda universitetda 43 davlatdan 1 ming 900 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda. Shundan 445 nafari o‘zbekistonlik. Bu O‘zbekistonda o‘quv yurtimizga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanidan dalolat.  Bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan koronavirus pandemiyasi bog‘liq vaziyatda O‘zbekiston hukumati o‘z yoshlarini eʼtiborsiz  qoldirmadi. Ular, o‘z navbatida, oliygohimiz talabasi bo‘lgani uchun ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildiramiz. Men Bosh konsulxona tomonidan ilgari surilgan universitetda «O‘zbek tili va adabiyoti markazi»ni tashkil etish taklifni qo‘llab-quvvatlayman.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Rossiya, jumladan, Tyumen bilan aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilayotgan tashabbuslarni amalga oshirishda har ikki tomon birdek intilishi qayd etildi. Jumladan ilmiy, maʼrifiy hamkorlikning bugungi bosqichida Buxoro davlat universiteti bilan aloqalarni o‘rnatishga qiziqish bildirildi.

Uchrashuv doirasida besh jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi hamkor oliygoh mutasaddilariga sovg‘a sifatida topshirildi. Qomusning yaratilishi, undan ko‘zlangan maqsad haqida ishtirokchilarga maʼlumot berildi. Universitet rahbariyati «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi  o‘zbek tilini chuqur o‘rganayotgan olim va talabalar uchun ajoyib sovg‘a bo‘lgani qayd etildi.

 Muloqot so‘ngida universitetda Tyumendagi o‘zbek diasporasi vakillarini jalb qilgan holda o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston tarixi, madaniyati, turizm salohiyati haqida maʼlumot beruvchi maxsus burchak tashkil etishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Mojeb al Zaxroniy: O‘zbekiston islom mad...

Parij Arab dunyosi instituti bosh direktori Mojeb al Zaxroniy “Dunyo” AA muxbiri bilan suh...

«TURKSOY-O‘ZBEKISTON» kitob-albomining t...

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — T...

Buyuk Britaniyada Alisher Navoiy tavallu...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan o‘zbek tili va adabiyotining aso...

So`nggi yangiliklar