Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Mart/2020   Sport

UEFA delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi


TOShKENT, 6 mart. /«Dunyo» AA/. Joriy yil 9-13 mart kunlari “UEFA Assist” tashkilotining xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske boshchiligidagi UEFA delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda «Dunyo»AA muxbiri O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi manbasiga tayanib.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, mamlakatimizda millionlar o‘yinini yanada rivojlantirishga qaratilgan tizimli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Endilikda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi – UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

Mehmonlar safar davomida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ish-faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Shuningdek, tashrif doirasida assotsiatsiya vakillari “Coca Cola” Superligasi va Professional futbol ligasi klublari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Assotsiatsiya ish faoliyati samaradorligini oshirish, yurtimizda futbol sportini rivojlantirish, o‘zbek futboli mutaxassislari va terma jamoalarning Yevropada malaka oshirishi, u yerda tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.

Mazkur tashrif yakuniga ko‘ra, 13 mart kuni matbuot anjumani o‘tkaziladi va uchrashuvlar natijasi bo‘yicha ma’lumotlar beriladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ining 29...

Yoshlar festivali doirasida 15 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘inin...

Los-Anjeles-2028 — yozgi Olimpiya o‘yinl...

Los-Anjeles-2028 — yozgi Olimpiya o‘yinlarining ramzi eʼlon qilindi.

Samarqand yarimmarafoni g‘oliblari aniql...

Samarqand shahrida ikkinchi marta o‘tkazilgan anʼanaviy «Samarkand Half Marathon» yarimmar...

So`nggi yangiliklar