Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Noyabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Ukraina kompaniyalari O‘zbekiston birjasi elektron savdolarida ishtirok etadi


KIYEV, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. «O‘zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi» rahbarlarining Ukrainaga tashrifi davomida mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida Ukraina oziq-ovqat kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra,  uchrashuvlar davomida qator hujjatlar imzolangan.

 Jumladan, Ukraina tashqi ishlar vazirligida «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJ boshqaruv raisi Ziyoviddin Badriddinov va «Mukomoli Ukraini» ittifoqi boshlig‘i Rodion Ribchinskiy bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar Ukraina tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dmitriy Sennik va O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Qurmanov ishtirokida tashkil etildi.

 Muzokaralar yakunida «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» va «Mukomoli Ukraini» ittifoqi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.

 Bayonnomada ukrainalik mutaxassislarning O‘zbekiston  birjasining elektron savdolarida ishtirok etishini tashkillashtirish masalalari o‘rin olgan.

Mavzuga oid

Niderlandiyada O‘zbekiston savdo uyi och...

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov Niderlandiyada O‘zbekist...

O‘zbekiston va Indoneziya to‘qimachilik ...

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Indoneziya sintetik tolalar ishlab chiqaruvchilar assots...

ITSV: O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinb...

Kecha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sar...

So`nggi yangiliklar