Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Dekabr/2021   Ta'lim

Ukraina va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilmoqda

KIYEV, 22 dekabr. /“Dunyo” AA/. Universitetlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Ukrainaning Xerson davlat universiteti (XDU) rektori Aleksandr Spivakovskiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ukraina vakillari Samarqand davlat tibbiyot instituti (SDTI) tashabbusi bilan tashkil etilgan “Samarqand – 2020” ikkinchi xalqaro olimpiadada ishtirok etdi.

Muzokaralar chog‘ida XDU va SDTI o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatda pedagogika, psixologiya, tarix va sotsiologiya yo‘nalishlarida taʼlim va ilmiy hamkorlik istiqbollari bayon etilgan.

Kelgusi yilda birgalikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish maqsadida SDTI delegatsiyasining Ukrainaga tashrifi rejalashtirilmoqda.

Rektor Aleksandr Spivakovskiy SDTIning yuqori kurs talabalari uchun “Yetakchilik yoki biz hammamiz o‘zgarishni o‘rganishimiz kerak” mavzusida maʼruza o‘qidi.

Tashrif yakunlarini sharhlay turib, XDU rektori shunday dedi: “Maqsadimiz – O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari bilan uzoq muddatli aloqalarni qayta tiklash. Bu talabalar uchun mobillik, xalqaro olimpiadalar va o‘qituvchilar uchun ilmiy loyihalarda birgalikda qatnashish kabi yo‘nalisharni o‘z ichiga oladi”.

Mavzuga oid

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ar...

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarid...

Viktor Romero: “O‘zbekistonlik talabalar...

Amerika Universitetlari Assotsiatsiyasining eng yaxshi 25 ta oliy taʼlim maskanlari qatori...

Misrlik yuqori malakali o‘qituvchi Prezi...

Kecha O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasida Misr fuqarosi, matematika fani bo‘yicha mal...

So`nggi yangiliklar