Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Sentabr/2021   Mustaqillikka 30 yil

Ukrainada O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi


KIYEV, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab «Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda» mavzusida davra suhbati  o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirga Ukraina jurnalistlari milliy uyushmasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari vakillari va ekpertlar taklif etildi.

O‘zbekiston elchisi Alisher Kurmanov mustaqillik yillarida yurtimizda turli sohalarda erishilgan yutuqlar, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, aholi farovonligi, gender tenglikni va fuqarolar haq-huquqlarini taʼminlash, sud-huquq tizimini liberallashtirish sohalarida erishilgan natijalar, shuningdek, iqtisodiy loyihalar haqidagi maʼlumotlarni ishtirokchilar eʼtiboriga havola qildi.

Anjumanda, so‘nggi besh yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida jamiyatning turli jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalari yuzasidan maʼlumot berildi.

«Ayni paytda nafaqat respublika ichida balki jahon miqyosida «Yangi O‘zbekiston» iborasi keng ishlatilmoqda, - dedi Alisher Kurmanov. - Bu bejiz emas, albatta. Amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar natijasi o‘laroq respublika yildan yilga yangi yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Bugungi O‘zbekiston, uning aholisi va yoshlari kechagi davlatdan keskin farq qiladi».

Davra suhbati davomida, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev  rahbarligida olib borilayotgan pragmatik va ochiq tashqi siyosat, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Maslahat uchrashuvi, Afg‘onistondagi vaziyat va ushbu davlatdan xorijiy davlatlar fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayonida respublikaning roli yuzasidan keng qamrovli tushunchalar berildi.

Ukraina jurnalistlari milliy uyushmasi raisi S.Tomilenko mazkur uchrashuv O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bayrami kunlari o‘tkazilganini olqishladi. U bunday shakldagi davra suhbatlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishini bildirdi. «Ukrainalik jurnalistlarda Yangi O‘zbekiston va unda o‘tkazilayotgan islohotlar katta qiziqish uyg‘otmoqda, - dedi S.Tomilenko. - Mamlakatlarimiz tomonidan 30 yillik davrda erishilgan muvaffaqiyatlar, do‘stlik aloqalarini rivojlantirish yo‘lidagi natijalar haqida ko‘proq  fikr yuritishimiz lozim».

Tadbirda «Kiїv Diplomatichniy»&«Kyiv Diplomatic» Magazine» jurnali bosh muharriri A.Linnik barcha o‘zbekistonliklarni mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

«Sizlarga doimiy taraqqiyot va tinchlik-totuvlik tilayman, - dedi A.Linnik. - Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va yangilanishlarni so‘nggi 3 yil davomida amalga oshirgan safarlarim davomida o‘z ko‘zim ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Bundan keyin ham katta muvaffaqiyat va yangi marralarni zabt etishlaringizni tilayman».

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi xodimlariga «O‘z...

Bugun Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati...

Janubiy Koreyada mamlakatimiz mustaqilli...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tomonidan Janubiy Koreyadagi Yevroosiyo turkshunosli...

Janubiy Koreyadagi vatandoshlarga “O‘zbe...

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ko‘plab fuqarolarimiz Prezident S...

So`nggi yangiliklar