Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Ukrainadagi vatandosh: Konstitutsiyani isloh qilish va uni hozirgi zamon shart-sharoitiga moslashtirish eng to‘g‘ri yo‘l

KIYEV, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. Ukrainada yashayotgan vatandoshimiz Hasan G‘ulomov “Dunyo” AA uchun intervyusida O‘zbekistonda davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.


- Vatanimdan olisda bo‘lishimga qaramay, yurtimizda kechayotgan keng qamrovli islohotlar va ularning natijasi bo‘lmish yirik o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib kelmoqdaman.

Aytib o‘tish joizki, hozirgi kunda xalqaro maydonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar sharoitida mamlakatimizda Asosiy qomusimiz - Konstitutsiyani isloh qilish va uni hozirgi zamon shart-sharoitiga moslashtirishni to‘g‘ri deb bilaman.

Xususan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan oshiq turli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritishni  va 6 ta yangi moddani joriy qilishni nazarda tutmoqda.

Ushbu o‘zgarishlarning aksar qismi «Inson – jamiyat – davlat», «Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la taʼminlashga hamda xorijda bo‘lib turgan yurtdoshlarga g‘amxo‘rlikni konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarishga qaratilgan. Bu esa, turli sabablar bilan chet elda bo‘lgan vatandoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini va Vatanga tegishlilik ruhini yana-da kuchaytiradi.

Men Donesk milliy tibbiyot universitetida tahsil olganman. Xorijda yetarli darajada malakaga ega bo‘lgach, ona Vatanimga qaytib, respublikamizning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish va Yangi O‘zbekistonni barpo etishda bor bilimimni safarbar qilishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman.

Mavzuga oid

Singapurdagi vatandosh: Chet elda olgan ...

Singapurning “TMC Academy” universiteti talabasi Otajon Shokirov O‘zbekistonda amalga oshi...

Afg‘onistondan munosabat: Shavkat Mirziy...

Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi masʼul xodimi Muhammad G‘ani Ammor Prezident Shavkat M...

Erondan munosabat: Qonunlarni zamon tala...

Eronning «AMS Industrial Group» kompaniyasi bosh direktori, tadbirkor va investor Behnam ...

So`nggi yangiliklar