Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Iyul/2021   Media

Ukrainadan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining amaliy takliflari Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasidagi muhokamalarning umumiy tendensiyasini belgilab berdi


KIYeV, 25-iyul. /«Dunyo» AA/. Ukrainaning «Boltiq - Qora dengiz iqtisodiy forumi» axborot-tahliliy portali saytida «Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari konferensiyasi birlashish yo‘llarini belgilab berdi» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Maqola joriy yilning 15-16-iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya natijalariga bag‘ishlangan.
«Eng avvalo Afg‘onistondagi voqealar rivojining oldindan taxmin qilib bo‘lmasligi bilan bog‘liq murakkab sharoit mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish xavfi ostida qoldirmoqda, - deb yozadi muallif. - Voqealarning bunday keskin rivojini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuqori darajadagi anjumanni o‘tkazish orqali mavjud muammolarni hal etish uchun oldindan harakat qilish qat’iyatini namoyish etdi».
Materilda qayd etilishicha, yuqori darajadagi tashkilotchilik COVID-19 pandemiyasining og‘ir sharoitiga qaramasdan Prezidentlar, Bosh vazir va vazirlar ishtirokida bunday keng ko‘lamli tadbir o‘tkazilishini ta’minladi.
Nashrda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti o‘z ma’ruzasida mintaqadagi murakkab vaziyatni tushunish, beqarorlikning oldini olishga qaratilgan zarur samarali qadamlarning strategik ko‘rinishi, uni amalga oshirish uchun keng qamrovli tadbirlar rejasi va aniq takliflarni ilgari surdi. Ushbu takliflar konferensiyada muhokamalarning umumiy tendensiyasini belgilab berdi. Va aytish kerakki, O‘zbekiston yetakchisining takliflari qo‘shma harakatlar uchun “Yo‘l xaritasi” hamdir.
Maqolada, Toshkent forumida “Boltiq – Qora dengiz iqtisodiy forumi” boshqaruvi raisining o‘rinbosari Vladimir Makuxa ham ishtirok etgani xabar qilingan.

Mavzuga oid

«Axbar al-Yaum» gazetasi: Moturidiylik t...

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy hay’atni...

«New Delhi Times»: O‘zbekiston Prezident...

Hindistonning yetakchi gazetalaridan biri - «New Delhi Times» veb-sahifasida bosh muharrir...

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida elektro...

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi deleg...

So`nggi yangiliklar