Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Sentabr/2021   Dolzarb

Ukrainadan munosabat: Toshkent xalqaro maydonda o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda


KIYEV, 25-sentabr. /«Dunyo» AA/. Ukrainalik xalqaro ekspert Artur Gashenko O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA  muxbiri.

Ukrain ekspertiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining nutqi xalqaro kun tartibdagi dolzarb masalalar bo‘yicha konstruktiv tashabbuslar bilan to‘la.

- O‘zbekiston ko‘p yillardan buyon qo‘shni Afg‘onistondagi jarayonlarni chuqur tushunishini namoyish etmoqda, muntazam ravishda jahon hamjamiyati e’tiborini tashqi aralashuv, ayniqsa, kuch orqali vaziyatni hal qilish mumkin emasligiga qaratmoqda. So‘nggi voqealar Toshkentning qanchalik haq ekanini yana bir karra isbotladi, - dedi  Artur Gashenko. - Bugun butun dunyo Afg‘onistondagi voqealarni xavotir bilan kuzatib turibdi. Afg‘oniston masalasi yana bir bor dunyo kun tartibidagi eng muhim masalalardan biriga aylandi. Turli darajalarda afg‘onlararo jarayonlarning qo‘shni davlatlarga salbiy ta’siri haqida xavotirlar bildirilmoqda. 

O‘zbekiston Prezidenti o‘z pozitsiyasini O‘zbekiston va umuman mintaqaning ijobiy o‘zgarishlari, dinamik rivojlanishi haqidagi ta’sirchan faktlar bilan qo‘llab-quvvatladi. Bu esa bunday tahdidlarga qarshi tura oladigan sog‘lom, hamjihat jamiyat shakllanganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Markaziy Osiyoning ajralmas qismi ekanini ta’kidlab, ushbu mamlakat aholisiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi va boshqa davlatlarni Afg‘onistonning yakkalanib qolishining oldini olishga, ijobiy mintaqaviy jarayonlarga jalb etilishini rag‘batlantirishga chaqirdi. Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashda Afg‘onistonning o‘rniga e’tibor qaratdi.

Bunday tashabbuslar respublikaning mintaqaviy yetakchi sifatidagi imijini yuksaltirmoqda, Toshkent mavqeini xalqaro miqyosda yuksaltirmoqda.

O‘zbekiston dunyo uchun muhim masalalarni hal etishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining yetakchi rolini e’tirof etmoqda. So‘nggi yillarda Toshkentning konstruktiv, chuqur o‘ylangan tashabbuslari va muvaffaqiyatli, samarali faoliyati tufayli BMT vakolati ham mustahkamlanmoqda. Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalarda kechayotgan turli jarayonlarda jahon hamjamiyatining o‘rni va ishtiroki oshmoqda».

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining “Yangi O‘zbek...

Eng ulug‘ va eng aziz bayram - mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonla...

Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi ...

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yashil taraqqiyot va barqaror ...

Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston o‘z...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ushbu savolga atrofl...

So`nggi yangiliklar