Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Sport

Ukrainalik sportchilar «Samarkand Half Marathon» xayriya musobaqasini qo‘llab-quvvatlaydi


KIYEV, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 1 noyabr kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan yillik anʼanaviy Samarqand yarim marafoni - «Samarkand Half Marathon» xayriya musobaqasi oladi. Ushbu sport tadbiri arafasida Ukraina jamoatchiligi vakillari o‘zlarining tilaklari bilan o‘rtoqlashmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vladimir Machugin, jangovar sambo bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Ukraina Kurash federatsiyasi prezidenti:

- Men marafonda, yarim marafonda qatnashadigan bolalarga sog‘lik va zafarlar tilayman. O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda, ko‘plab stadionlar va majmualar qurilmoqda, bolalarni sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratilmoqda.

Hozirgi qiyin sharoitda, koronavirus pandemiyasiga qaramay O‘zbekistonda ko‘plab yigit va qizlar sport bilan mashg‘ul. Men mamlakatda sportning yana-da rivoj topishiga tilakdoshman.

Ayniqsa, O‘zbekiston va Ukraina milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida imzolangan memorandumni amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarga muvafaqqiyat tilab qolaman.

Ishonamanki, mazkur memorandum sportni taraqqiy ettirishda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da faollashtirishga turtki bo‘ladi.

Mavzuga oid

Paralimpiyachilarimizning diskvalifikats...

«O‘zbekistonlik to‘rt nafar para-sportchi doping bilan qo‘lga tushdi va ularning barchasi ...

«Toshkent – Termiz – Orol» avtomarafoni ...

Joriy yilning 18 sentyabr kuni «Toshkent – Termiz – Orol» avtomarafoniga start beriladi...

Shahobiddin Zoirov ham Tokio Olimpiadasi...

Iordaniyaning Ummon shahrida boks bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiad...

So`nggi yangiliklar