30/Mart/2020 Ilm-fan
TOSHKENT, 30-mart. /«Dunyo» AA/. UNESKO 2020 yil 5-30-oktyabr kunlari Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun stipendiya dasturini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manbasiga asoslanib.
Konferensiyada UNESKOga a’zo davlatlar va rivojlanayotgan davlatlar talabalari ishtirok etishi mumkin. Tadbir tili sifatida ingliz tili belgilangan.
G‘oliblarga 450 AQSh dollari miqdorida stipendiya to‘lanadi, YuNESKO tomonidan yo‘l xarajatlari, tibbiy sug‘urta qoplanadi va boshqa imtiyozlar beriladi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan, ingliz tilini biladigan va 35 yoshdan katta bo‘lmagan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
Ta’kidlanishicha, onlayn arizalar 2020-yilning 3-apreliga qadar qabul qilinadi.