28/Mart/2023 Konstitutsiyaviy islohotlar
YEKATERINBURG, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulligi tashabbusi bilan Yekaterinburgda tahsil olayotgan vatandosh talabalar ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida» gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha bo‘lajak referendumga bag‘ishlangan #bumeningkonstitutsiyam “xeshtegi” ostida targ‘ibot aksiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yekaterinburg shahridagi Ural davlat tog‘-kon universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlarimiz ishtirokida tayyorlangan #bumeningkonstitutsiyam “xeshtegi” ostidagi videolavhada O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, referendumning mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berilgan. Yangilanayotgan Konstitutsiyada jamiyatimizning barcha jabhalari, xususan, taʼlim sohasiga oid normalar yana-da mustahkamlanayotganiga eʼtibor qaratildi.
Targ‘ibot aksiyasida talaba yoshlar barcha vatandoshlarni Yangilanayotgan Konstitutsiyani qo‘llab-quvvatlashga va 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chorlaydi.
Ushbu videolavha Uraldagi vatandoshlar va talabalar o‘rtasida mashhur ijtimoiy tarmoqlarda ham joylashtirildi.