Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Oktabr/2021   Madaniyat

Utrext shahrida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi taqdimoti o‘tkazildi


AMSTЕRDAM, 18-oktabr. /«Dunyo» AA/. Kecha Niderlandiyaning Utrext shahrida bir guruh vatandoshlar ishtirokida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Tadbirda Niderlandiyada yashaydigan, turli xalqaro tashkilotlarda, xususiy kompaniyalarda ishlaydigan va oliy o‘quv yurtlarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan vatandoshlar, o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

Taqdimotda «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining bir guruh olimlari tomonidan tayyorlangani va mazkur lug‘atni yaratish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, kelgusida xorijiy mamlakatlarda ham o‘zbek tilining maqomini yuksaltirishda ushbu lug‘atning tutgan o‘rni beqiyos ekani aytildi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning Beniluks mamlakatlaridagi elchixonasi tomonidan konsullik okrugidagi davlatlarda yashaydigan o‘zbek tili ihlosmandlari orasida o‘zbek tili, tarixi va madaniyatini o‘rgatishga, uning milliy va xalqaro maqomini mustahkamlashga katta e’tibor qaratayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Taqdimotda qatnashgan diaspora vakillari tomonidan o‘zbek tilini xorijdagi vatandoshlar farzandlari va ushbu tilga qiziqish bildirgan chet elliklar orasida o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada uch minga yaqin o‘zbekistonlik doimiy yoki vaqtincha yashaydi. Ularning farzandlari mahalliy va xalqaro maktablarda ushbu mamlakatning tili, tarixi, ma’daniyatini o‘rganadi.

Uchrashuv jarayonida faol vatandoshlar ularning farzandlari mahalliy maktablarda ta’lim olib, o‘z ona tilini, tarixini, ma’daniyatini o‘rganmayotganligi va bu holatning davom etishi orqali o‘z ona tilini ham esdan chiqarayotganligi achinarli ahvol ekanini qayd etdi. Shu maqsadda, Niderlandiyaning Amsterdam, Rotterdam, Utrext yoki Gaaga kabi yirik shaharlaridagi oliy o‘quv yurtlari yoki maktablaridan birida o‘zbek tili, tarixi va madaniyatini o‘qitish markazini ochishni taklif qildi va ushbu masalani amalga oshirishda o‘zlarining barcha say’-harakatlarini yo‘naltirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida vatandoshlarimiz yaqinlashib kelayotgan 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kunini xorijdagi o‘zbek tili ixlosmandlari bilan elchixona hamkorligida tantanali nishonlashni taklif qildi. 

Diplomatiya vakolatxonasi konsullik okrugidagi davlatlarda o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish, milliy va xalqaro maqomini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda. Shu maqsadda, joriy yil 19 oktabr kuni Belgiyada va 20 oktabr kuni Daniyada yashaydigan vatandoshlar ishtirokida 21-oktabr – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunni tantanali nishonlash rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda ilmiy tad...

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 11 yanvar kuni poytaxtimizdagi bun...

Chuvash Respublikasida o‘zbek tili bayr...

Chuvash Respublikasi Xalqlar do‘stligi uyida «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» shiori os...

Tojikistonda brifing: Buxoro shahri – Is...

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasida Islom hamkorlik tashkilotining Ta'lim, fan va...

So`nggi yangiliklar