Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Mart/2021   Jamiyat

“Uzbekistan airways” Navro‘z bayrami munosabati bilan ichki qatnovlarga 50 foizgacha chegirmalar eʼlon qildi


TOSHKENT, 3-mart. /“Dunyo” AA/. “Uzbekistan airways” AJ Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan aksiya doirasida 2021 yil 20-22 mart kunlari yurtdoshlarimiz uchun mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga 30 foizdan 50 foizgacha chegirmalar eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Uzbekistan airways” aviakompaniyasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu aksiya doirasida quyidagi chegirmalar taqdim etiladi: individual yo‘lovchilar uchun (30 foiz), sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari, O‘zbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ va boshqa idoralar tizimi maxsus taʼlim muassasalari o‘quvchilari va tinglovchilari uchun (40 foiz), oila uchun (2 va undan ortiq kishi, yaʼni er va xotin, ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bor bo‘lgan ota yoki ona) uchun (50 foiz), pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (50 foiz), 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun (50 foiz), Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun (50 foiz).

Mahalliy yo‘nalishlarda qatnovlar Urganch – Farg‘ona, Farg‘ona – Urganch, Toshkent – Nukus, Nukus – Toshkent, Toshkent – Urganch, Urganch – Toshkent, Toshkent – Termiz, Termiz - Toshkent yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid

Adliya vazirligi yurtdoshlarimizdan korr...

«Agar siz Adliya vazirligi organlari va muassasalarida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga...

Italiya va Hindiston parlamentlari bilan...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Italiya va Hindiston parlamen...

Ilm-ma’rifat va bag‘rikenglik markazi...

Mamlakatimizda vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini ta’minlash, ularning qo...

So`nggi yangiliklar