Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Fevral/2023   Vatandoshlarimiz

Uzoq Sharq federal okrugi hududida qonuniy vakillari bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarosining farzandi vatanga qaytarildi

VLADIVOSTOK, 1-fevral. /“Dunyo” AA/. Andijon viloyatida tug‘ilgan mamlakatimiz fuqarosi U.A. O‘zbekiston Bosh konsulligiga murojaat etib, mushkul ahvolga tushib qolgani, shu bois o‘g‘li bilan O‘zbekistonga qaytish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini so‘radi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Maʼlum bo‘lishicha, u Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy yashab kelgan, shu bois mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan kezlari Vladivostokda tug‘ilgan o‘g‘liga tegishli guvohnoma rasmiylashtirilmagan.

Mahalliy migratsiya qonunchiligiga zid ravishda bo‘lib turganligi uchun hamyurtimiz O‘zbekistonga majburiy tarzda chiqarib yuborilgan, farzandi haqidagi maʼlumotlarni sud idoralaridan yashirganligi sababli uning o‘g‘li alal-oqibatda Primorsk o‘lkasi psixoverologik bolalar uyiga topshirilgan.   

Mamlakatimizning Vladivostokdagi Bosh konsulligi xodimlari tomonidan O‘zbekiston fuqarosi farzandiga tegishli tartibda vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilgani barobarida Primorsk o‘lkasi psixoverologik bolalar uyi va Primorsk o‘lkasi vasiylik boshqarmasi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi. Bularning natijasi o‘laroq, U.A.ning o‘g‘lini andijonlik O‘zbekiston fuqarosi nomiga Rossiyadan O‘zbekistonga olib chiqish huquqini beruvchi ishonchnoma rasmiylashtirilishiga erishildi.

Shu tariqa Uzoq Sharq federal okrugi hududida qonuniy vakillari bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining farzandi  vatanga qaytarildi.

Mavzuga oid

Navro‘z kunlari O‘zbekiston diplomatlari...

Navro‘z kunlarida O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari penitensiar mua...

Bosh konsullik xodimlari Chelyabinsk sha...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari 19-20 yanvar kunlari amaliy safar bilan Chelyabin...

Janubiy Koreyadagi elchixona xodimlari K...

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekistonn...

So`nggi yangiliklar