Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2021   Vatandoshlarimiz

«Vatandoshlar» fondi ko‘magida yurtdoshlarimizni bir joyga to‘plab Yevropada kichik O‘zbekistonimizni yaratishimiz mumkin


AMSTЕRDAM, 30-sentabr. /«Dunyo» AA/. Xorijda yashayotgan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Prezidentining «Vatandoshlar» jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Madina Berdiyeva,  «Shell» (Niderlandiya) kompaniyasi xodimi:

- Niderlandiyada yashayotganimga 20 yildan oshgan bo‘lsa-da Vatanimni, jonajon O‘zbekistonim sog‘inchi meni bir soniya ham tark etmaydi. Milliy urf-odatlarimiz, boy madaniyatimiz, qadimiy tariximiz, milliy oshxonamiz va xalqimiga xos mehr-muruvvat va mehmondo‘stlikni sevaman. Ajdodlarimiz qoldirgan boy meros qalbimda abadiy qoladi.

Men «Vatandoshlar» jamoat fondini tashkil etish g‘oyasini to‘la qo‘llab-quvvatlayman. Ushbu tashabbusni davlatimiz rahbari boshlab berganidan juda xursand bo‘ldim. 

Beniluks mamlakatlarida diasporani yaratish harakatlarini birlashtirsak ayni muddao bo‘ladi. Bunda Facebook va Instagram singari vositalardan unumli foydalanishimiz lozim. Diasporamiz rivojiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar qo‘mitasini yaratish, tadbirlar tashkil etish, tarmoqni rivojlantirish zarur.

Shuningdek, diasporani rivojlantirish, madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash, o‘zbek madaniyati va an’analarini Yevropada ommalashtirish, vatandoshlarga yordam ko‘rsatish, Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirish strategiyasi va rejasini yaratish lozim.

Men ko‘p yillar davomida ««Shell Women's Network»  ayollar tarmog‘i prezidenti lavozimida ishladim. Biz o‘ttiz kishidan iborat bir jamoa edik.  Biz bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash uchun erkak hamkasblarimizni jalb etgan holda kompaniya ayollari martabasini rivojlantirish uchun ta’lim platformasini tashkil etdik.

«Vatandoshlar» fondi ko‘magida yurtdoshlarimizni bir joyga yig‘ib, Yevropada o‘ziga xos kichik O‘zbekistonimizni yaratishimiz mumkin bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Mavzuga oid

Sankt-Peterburgda mehnat qilayotgan vata...

Mamlakatimiz Bosh kosulxonasi va Tashqi mehnat migratsiya agentligining Sankt-Peterburgdag...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi xo...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi xodimlari ushbu davlat xududida turli xil jinoyatlar...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchi...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tomonidan “Oltin daftar”ga kiritilgan, Janubiy Korey...

So`nggi yangiliklar